97
Inson qomati plastikasini mukammal o‘rganishda inson qo‘l va
oyoqlarini chizishni o‘rganish juda muhimdir. Ko‘p yillik ish tajribasi
shuni ko‘rsatdiki, talabalar inson qo‘l va
oyoqlarini chizishda ancha
qiynaladilar. Shu sababli badiiy ta’lim amaliyotida
gipsdan yasalgan
qo‘l va oyoq rasmlarini chizish qo‘llaniladi (68 – 72 - rasmlar).
Turli davr rassomlari qo‘l panjalari tasviriga katta e’tibor
qaratganlar. Bu bilan insonning fizik va
emotsional holatini ochish
nazarda tutilgan.
68 - rasm. Gipsdan yasalgan qo‘l panjasini chizmatasviri.
100
Qo‘l panjalari rasmini chizganda ularning
har bir kishi uchun
alohida – o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligini hisobga olish zarur.
Portret tasvirida qo‘l panjalariga qarab
biz insonning ijtimoiy holati,
yoshi va emotsional xususiyatlarini anglab olamiz.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘l panjalari o‘ziga
xos va
mukammal plastik xususiyaga egadir (72 - rasm).
72 - rasm. Qo‘l panjalari chizmatasviri.
Qo‘l va oyoq rasmini chizganda doimo umumiylikdan xususiylik.
Naturaga qarab tasvirlash tamoyiliga rioya qilish zarur. Gisp qo‘l va
oyoq modellari ustidagi mashqlardan so‘ng tirik qo‘l
va oyoq
panjalarini turli holatda chizishni o‘rganish kerak.
Dostları ilə paylaş: