Ilohiy komediya


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 428,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix01.12.2023
ölçüsü428,56 Kb.
#170162
1   2   3   4   5
116 Botirova Rayxona 866-870 (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
869 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
o’ldirishgan. “Komediya”da esa bunday kimsalar( Iuda- Iso payg‘ambarga xoinlik 
qilgan, Brut va Kassiy) do‘zaxning eng tubida tinimsiz jazolanadilar. Darhaqiqat, 
tarozining eng og‘ir pallasini insonga qilingan yomonliklar bosishining ko‘rsatilishi 
ham ikki buyuk dahoning insonparvarlik g‘oyalari tasviridir. Dante ushbu asarida
mansabini suiistemol qiladiganlar, o‘z vazifa-yu qilishi kerak bo‘lgan amalini 
bilmaydigan mutaassiblar, papalar haqida juda ko‘p so‘z yuritadi. Abdulla Oripov bu 
boradagi so‘zini shoir yigit obrazi orqali aytadi. “Ilohiy komediya”dagi 
mo‘tabar zotlar yo‘l ko‘rsatgan Dantedan farqli o‘laroq “Jannatga yo‘l” dagi yigit 
obrazi siz-u bizga xos xato qiladigan oddiy inson. Yigit hayotligida shoir 
bo‘lgan, kishilarga zavq beradigan she'rlar yozgan, ota-onasiga yaxshi farzandlik 
qilgan, undan hech kimga ozor yetmagan, hatto toshqinda qolib suvga cho‘kib 
ketayotgan qizchaga yordam beraman deb( Dante ham bir ma’sum bolani 
qutqazaman deb hovuzni buzib yuborgani aytiladi) o‘zi halok bo‘lgan. Tarozi 
qarshisida "yomon yashamadim, balki, jannat nasib qilar", degan umid 
bilan turganida savoblari gunohlaridan ikki paysagina farq qilib qoladi. Yigit 
tarozibondan eng og‘ir gunohini ko‘rsatishni istaydi. Tarozibon do‘zax olovida 
yonayotgan 
qorayurak, 
manfur, 
hasadgo‘y 
kimsalarni 
ko‘rsatadi. 
Gap shundaki, shoir o‘ziga berilgan ilohiy qobiliyati, o‘tkir qalamini yovuz 
kimsalarning qabih ishlarini fosh qilish, qoralash uchun ishlatmay, faqatgina tog‘-u 
toshlarni, yorning uzun sochi-yu bo‘y-bastini kuylash uchun ishlatib yuravergan. Bu 
o‘rinda Abdulla Oripovning she'riyatga, ijodga jiddiy qarashi, shoirlikning 
jamiyatdagi o‘rnini muhim pallalarda ko‘rishiga amin bo‘lamiz. Zero,"... Shoir 
o‘zining tor dunyosiga biqinib olib, ijod qilishi mumkin emas- u minglab iplar orqali 
ziddiyatlarga to‘la qaynoq hayot bilan bog‘langan. Shuning uchun ham u o‘z 
davrining tashvishlari, dardi, ehtirosi bilan yashamog‘i lozim..."
2
Fikrlarimizga 
Abdulla Oripovning bir to‘rtligi juda mos keladi:
Demangki, dunyoning tashvishi qolib, 
O‘zini har yonga uradi shoir. 
Tog‘day og‘ir yukni kiftiga olib, 
Qushday yengil bo‘lib yuradi shoir. 
Aytish mumkinki, shoirga (umuman har bir kishiga) berilgan ilohiy quvvat, 
yoniq qalb hamma-hammasi inson manfaati tomon yo‘naltirilmog‘i lozim. Odam 
farzandi dunyoga kelibdiki, faqat o‘zininggina tor manfaatlari uchun yashab o‘tishi 
2
Шарафиддинов О. Шэьрият – қалб ёлқини. “Ҳаёт билан ҳамнафас китобида”. Тошкэнт. Адабиёт вa саньат 
нашриёти.1984.158-бэт.



Yüklə 428,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin