Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning
ketma-ketligi va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi.
Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.
EHMlar endi yuzaga kelgan paytda
programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni
sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu
holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq
sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.
YUqori bosqichli programmalashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan
(yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning
asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi,
hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday
mashina
moslashgan til -
ASSEMBLER tili nomini oldi.
EHM faqat mashina tilini-buyruqlar, operand va sonlarning ikkilik sanok, sistemasidagi
ko‘rinishini «tushinadi». SHu sababli, Assembler tilida yozilgan programmalar uchun
ularni mashina tiliga o‘tkazuvchi «tarjimon» kerak bo‘ladi.
Assembler tilidagi programmani mashina
tiliga
o‘tkazuvchi
maxsus programma
translyator deyiladi, ayrim hollarda uni assembler deb ham atashadi.
Mashinaga moslashgan tillarning asosiy kamchiligi bir turdagi mashina uchun tuzilgan
programma boshqa mashinalarda bajarilmaydi, ya’ni bunday tillar mashinaning apparat
tuzilishiga bog‘liq qilib yaratiladi. Masalan, Pravets mashinasi uchun tuzilgan
programma IBM yoki YAMANA turidagi mashinalar uchun o‘tmaydi va aksincha.
Programmalash tillarining keyingi bosqichida protsedurali tillar joylashadi. Bu tillaring
asosiy xususiyati shundaki, ularning sintaksis va semantikasi konkret EHM (protsessor)
buyruqlari tarkibiga bog‘liq, emas. Tuzilgan programmani konkret EHM ga bog‘lashni
translyator amalga oshiradi.
Programmaning boshlang‘ich matni Operativ xotiraga kiritilgandan keyin u translyasiya
qilinadi. Natijada, aynan shu mashina «tushinadigan» buyruqlar ketma-ketligi hosil
bo‘ladi va ularni bajarish asosida EHM masalani echadi. Programmani tarjimasi va uni
bajarish jarayoni ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:
Birinchi usul-komplilyator deb nomlanuvchi usulda programmani EHMda bajarilishi-
tarjima jaryoni to‘liq, tugagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tarjima programmasini
operativ xotirada saqlab turishga
hojat yuq, shu sababli xotirani tejashga erishiladi.
Ikkinchi usul – interpretatsiya - programmadagi ayrim operatorlar ular tarjima qilingan
zahoti bajariladi, shundan keyin navbatdagi operator tarjima qilinadi, bajariladi va
xokazo. Bu rejimda xotirada interpretator programmasi ham bo‘lishi kerak, natijada
qo‘shimcha xotira ishlatiladi va programmaning ishlashi kompilyasiya qilinganga
nisbatan sekin ishlaydi. Interpretatorning afzallik tomonlari programmalarni sozlash
paytida ko‘rinadi, ya’ni yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilishi mumkin.
Kompilyatorda
bunday
imkoniyat
yuk.
Protsedurali tillarning umumiy xususiyatlarini ko‘raylik. Bu tillarda programmadagi
yozuvlar umumiy qabul qilingan matematik yozuvlarga juda
yaqin va tushunish uchun
engildir. Masalan, 7 va 5 sonlaring yig‘indisini hisoblash amalini programmalash tillarida
yozilishini ko‘raylik:
mashina tilida
Buyruq
Operand adresi
0011 1111
1101 0001
0000 0101
1101 0010
0000 0110
1101 00111
0000 0111
1101 0100
1000 0000
1101 0101
Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan programmalarni yaratishga
mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan programmalar global tarmoqlarda
dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda
joylashtirish
uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda
ham birdek amal qilaveradi. Java programmasi bir paytda Windows, UNIX va
Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin.
Quyidagi jadvalda programmalash tillari xaqida ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: