5.2-rasm. Hisob siyosatining asosiy tamoyillari
Ushbu tamoyil korxonaga boshqa korxonalardan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, lekin bunday
faktlar aniqlanganidan so‘ng, korxona ichida tuzatilishi lozim bo‘lgan dastlabki hujjatlar olinganida
amalga oshiriladi. Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan, masalan, olingan
tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha barcha quyilgan talablarga rioya qilingan holda, qabul
qilinishi mumkin.
Muvofiqlik.
Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning har xil turlari tomonidan
shakllantiriladigan ma’lumotlarning muvofiqligini, masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob
oborotlari va qoldiqlarining sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta'minlash uchun asos yaratadi.
Oqilonalik.
Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobi oqilona va
tejamli, korxona ko‘lami va faoliyat miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko‘rsatilgan tamoyillar korxona
tomonidan o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini tashkil etishi lozim. Ularga
rioya qilinmasligi korxonanig mulkiy va moliyaviy ahvolini buzib ko‘rsatishi mumkin.
Korxona tomonidan yuqorida ko‘rib chiqilgan farazlar va tamoyillardan kelib chiqqan holda,
qabul qilingan hisob siyosati korxonada buxgalteriya hisobi tizimining yahlitligini ta'minlaydi. U
korxonadagi hisob jarayonlarining barcha –
uslubiy, tashkiliy
va
texnik
jihatlarini qamrab oladi.
Hisob siyosatining
uslubiy jihati
korxonada mulklarni va majburiyatlarni baholash,
amortizatsiya hisoblash va shu kabilarni qanday usullari qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
Tashkiliy jihati
esa – ushbu usullarni buxgalteriya xizmatini tashkil etishda qanday amalga
oshirilishini bildiradi.
Texnik jihati
ushbu usullarni hujjatlar va hisob registrlarida qanday amalga oshirilishini
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: