pitomnik havzalari bo‘yichaalohida. Asalarichilikda –
asalari boqish, asal, asal changlatish,
changlatish bo‘yicha. Ipakchilik – umuman tarmoq bo‘yicha. Sun'iy urchitish – hayvonlar turi
bo‘yicha nasl beruvchilar (spyerma olish).
Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar guruhlarining turlari yoki yosh-jinslari bo‘yicha
ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash
mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish uchun qo‘shimcha
analitik schotlar ochiladi. Masalan, qorako‘lchilikda qo‘shimcha analitik schotlar ochilishi
mumkin: qo‘ylarning junini qirqish bo‘yicha xarajatlar va qorako‘l tyerilari olish bo‘yicha
xarajatlar. Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga haq to‘lash, junni
markalash, saralash va tashish bo‘yicha
xarajatlar kiradi; ikkinchisiga - qo‘zichoqlarni so‘yish,
dastlabki ishlov berish, tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l
tyerining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi.
Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash xonalari va sexlarida ozuqa
tayyorlash bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi. Belgilangan muddatlarda hisobga olingan
xarajatlar bu schotlardan chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar
obektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib taqsimlanadi.
Dehqonchilikdan farq qilgan holda chorvachilik bo‘yicha yil oxiriga, odatda,
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu shu bilan bog‘liqki, chorvachilikning asosiy
tarmoqlari hisoblangan qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir yildagi qilingan
xarajatlarni shu yilda olingan mahsulotlar tannarxiga olib boriladi. Lekin,
chorvachilikning
parrandachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik kabi ayrim tarmoqlarida yil oxirida
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin. Masalan, agar
parrandachilikda tuxumlar
inkubatorga joriy yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar ochib chiqarilmagan
bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari keyingi yilga o‘tadi.
Asalarichilikda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga asalarilar qishlashi uchun
uyalarida qoldirilgan asal qiymati; baliqchilikda – keyingi yilga o‘tadigan baliqlarni urchitish
xarajatlari; tuyachilikda esa birinchi bo‘g‘oz bo‘lib, keyingi yilda tug‘adigan
tuyalarni saqlash
uchun qilingan xarajatlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: