Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Soliqqa tortish birligi-
bu yerda ob’ektning o‘lchov birligi. Bu foyda solig‘ida so‘m, yet 
solig‘ida kv.metr, suv solig‘ida kub metr va boshqalar. 
5.
Soliq stavkasi-
ob’ektning har birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yoridir, 
ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi hissasidir. Soliq stavkasi ikki xil usulda: qat’iy stavkalarda 
(so‘mlarda) va nisbiy stavkalarda-foizlarda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va inflyatsiya 
sharoitida nisbiy stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda byudjet inflyatsiyadan 
ko‘p mablag‘ yo‘qotmaydi. Agar stavka so‘mlarda hisobga olinsa, soliqlardan tushgan byudjet 
daromadi yil oxiriga kelib hech qanday iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmay qolishi mumkin. Solik 
stavkalarining proportsional, progressiv va regressiv turlari mavjud. 
6.
 
Soliq imtiyozi-
soliq imtiyozlari deganda soliq to‘lovchilarga soliq va yig‘imlarni to‘lashdan 
qisman, vaqtinchalik va to‘liq ozod eti shva soliq bazasini kamaytirish tushuniladi.
 
Soliq imtiyozlari bugungi kunda 3 xil turi mavjud: 
1.
Soliqdan batamom ozod etuvchilar; 
2.
Soliqdan qisman va vaqtincha ozod etiluvchilar; 
3.
Soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan soliqlar. 
7.
Soliq og‘irligi- 
to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imlar yig‘indisini byudjetga to‘lashidir. 
Soliq og‘irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma to‘langan 
soliq va yig‘imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i ham soliq og‘irligini ifodalaydi deyiladi. 
Ammo soliq og‘irligi aniq to‘lovchining daromadiga nisbatan jami to‘lagan soliqlari va to‘lovlari 
salmog‘idir. 
Agar soliq to‘lovchi soliqlarni to‘g‘ri to‘lagan bo‘lsa, unga soliq og‘irligi mos keladi. Lekin 
ba’zi korxonalarda egri soliqlar bo‘lib, uning huquqiy to‘lovchilari korxona hisoblansada, soliq 
og‘irligi iste’molchi, ya’ni aholi zimmasiga tushadi. Oxirgi iste’mol qiluvchilar aholi hisoblanadi. Bu 
yerda egri soliqlar hisobiga aholining real daromadlarini biroz bo‘lsada, pasayish hollari uchraydi. 
Soliq og‘irligini makrodarajada, sohalar bo‘yicha va mikrodarajada aniqlash mumkin. 
Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. 
Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib, 
ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi. Demak, kategoriya funktsiyasi 


225 
doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishidan kelib 
chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Funktsiya va vazifani farqiga borish zarur. Funktsiya – 
doimiydir, vazifa esa o‘tkinchidir. 
Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga 
kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat 
funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi. Bugungi kunda soliqlarning fiskal, taqsimlash va nazorat 
funktsiyalari mavjud. 
Soliqlarning fiskal funktsiyasida haqiqatdan ham soliqlar xazinaga tushadi. Bu voqe’lik 
ko‘zga yaqqol ko‘rinib turganligidan amaliyotchilar shu funktsiyaga tirmashib olishgan, ya’ni 
chuqurroq fikr yuritsak, yaratilgan ichki yalpi mahsulot qiymat yoki korxonadagi daromadlarni avval 
taqsimlamasdan turib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetga o‘tkazib yuborish holati bo‘lmaydi. Avvalo 
ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini ta’minlab, so‘ng daromaddan bir 
qismini xazinaga olish zarur. Shuning uchun xazina funktsiyasini to‘liq va keng ma’noda taqsimlash 
funktsiyasi desak to‘g‘ri bo‘ladi. 
Soliqlarning nazorat funktsiyasi haqiqatdan ham doimiy harakat qiladi. Lekin, bu funktsiya 
taqsimlash funktsiyasi bilan yonma-yon turib daromadlarni to‘g‘ri taqsimlanayotganligini, 
soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida tushayotganligini nazariy jihatdan nazorat qiladi. Nazorat 
funktsiyasi soliq idoralari ishining rivojlanish asosidir. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin