Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG`I



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
27 MAVZU. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG`I 
27.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilar, soliq solish ob’ekti va soliq 
solinadigan baza 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, soliq solinadigan daromadga 
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob’ektidir: 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi 
manbalardan olingan daromadlari; 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
daromadlari. 


287 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. 
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar 
chegirilgan holda aniqlanadi. 
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga 
binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan 
bazani kamaytirmaydi. 
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy 
valyutada qayta hisoblab chiqiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda soliq solinadi. 
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish o‘zarolik 
printsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin. 
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday bitimlarning shartlariga 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar 
chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini 
o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi. 
Chet ellik jismoniy shaxsning – O‘zbekiston Respublikasi rezidentining daromadlariga 
belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjetga to‘langan 
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining bunday norezidenti to‘langan jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati mobaynida byudjetdan 
qaytarib olish huquqiga ega. Bunda O‘zbekiston Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki uning summasini kamaytirish 
to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek quyidagi hujjatlarni O‘zbekiston 
Respublikasining davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida xalqaro 
shartnomaga ega bo‘lgan davlatning rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni; 
olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni; 
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi tegishli xorijiy davlatning vakolatli 
organi tomonidan tasdiqlangan hujjatni. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani uch oy muddatda ko‘rib 
chiqadi va taqdim etilgan hujjatlar ishonchli bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining 
norezidentiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini byudjetdan qaytaradi. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi g‘ayriqonuniy qo‘llanilgan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga 
asoslangan rad javobini yuboradi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, jismoniy shaxslardan – O‘zbekiston 
Respublikasining rezidentlaridan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston 
Respublikasida soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq 
hisobga olinadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin