Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yagona soliq ob’ekti va soliq solinadigan bazani aniqlash



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
28.2. Yagona soliq ob’ekti va soliq solinadigan bazani aniqlash 
Yalpi tushum soliq solish ob’ektidir. 
Soliq solish maqsadida yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda (qo‘shilgan 
qiymat solig‘i to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun) realizatsiya qilishdan tushgan tushum. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum deganda quyidagilar 
tushuniladi: 
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari uchun – o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, 
ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya 
qilishdan tushgan tushum; 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun – tovar oboroti; 
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun – moliyaviy ijara 
(lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi; 
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa 
shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun – ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun pul mukofoti summasi; 
tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun – realizatsiya qilingan tovarlarning xarid 
qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad; 
lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar 
uchun – o‘yin chiptalarini ularda ko‘rsatilgan narx bo‘yicha tarqatishdan tushgan tushum; 
2) boshqa daromadlar. 
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
tushadigan tushum hisobot davri mobaynida uzoq muddatli kontraktlarni haqiqatda bosqichma-
bosqich ijro etishga oid qismida hisobga olinadi. 
Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi: 
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni 
(ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq 
summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun 
birlashtiriladigan mablag‘lar; 
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek 
tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida 
taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk 
yoki mulkiy huquqlar); 
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki 
bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan 
hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar); 
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to‘lash (bo‘nak) 
tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar); 
5) mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash 
sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar); 
6) byudjetdan berilgan subsidiyalar; 


308 
7) agar mablag‘larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o‘tkazish, ishlar bajarish, 
xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy 
huquqlar), ishlar va xizmatlar; 
8) olingan grantlar; 
9) aktsiyador – yuridik shaxsning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav 
fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘naltirilganda qo‘shimcha aktsiyalarning qiymati yoki 
aktsiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tariqasida olingan daromadlari; 
10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan 
mablag‘lar; 
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik va topshiriq shartnomalari yoki 
vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish 
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud 
o‘zga ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul 
mukofoti bundan mustasno); 
12) ob’ekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) 
to‘lovining bir qismi tarzida qoplanishi; 
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin 
olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat 
ko‘rsatishga doir xizmatlar; 
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) 
ularning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida 
belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta 
tiklangan taqdirda ushbu mablag‘lar soliq solish ob’ektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim; 
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk. 
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar 
o‘rtasidagi saldo soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi 
summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishda 
soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. 
Quyidagilar chegirib tashlangan holda hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solinadigan 
bazadir: 
1) davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar; 
2) to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar; 
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan bo‘lsa, o‘sha yuridik 
shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) 
tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki 
imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari 
soliq solinadigan bazadan chegirilgan daromadlarga to‘lov manbaida umumiy asoslarda soliq 
solinadi; 
4) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular 
qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak; 
5) ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va 
xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa; 
6) mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish 
(hisobdan chiqarish) natijasida olingan boshqa daromadlar. 


309 
Soliq solinadigan baza chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 
1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun: 
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq summasiga; 
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining 
belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy 
byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq summasiga; 
2) lotereya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik 
shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chiptalarga chiqqan 
yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy summasidan ortiq bo‘lmagan miqdoriga; 
3) brokerlik tashkilotlari uchun – bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi 
summasiga; 
4) vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik 
shaxslar uchun – realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari 
summasiga. 
Soliq solinadigan baza quyidagilarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi: 
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 
foiziga. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy 
etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi; 
yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va 
(yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan 
bazaning 
ko‘pi 
bilan
10 foiziga. 
Soliq to‘lovchida yalpi tushumga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda; 
3) baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda; 
4) bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
Yalpi tushumga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. 
Yalpi tushumga tuzatish kiritish tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
28.3. Yagona soliq stavkalari, belgilangan imtiyozlar va soliqni byudjetga to‘lash tartibi 
Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» 
jamg‘armasi va «O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari 
umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti 
faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-
sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy 
soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi. 
Kalendar yil soliq davridir. Yil choragi hisobot davridir. 
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqariladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi 
summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran 
o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan 
hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi. 


310 
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq 
xizmati organiga ortib boruvchi yakun bilan: 
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida hisobot davridan 
keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot 
topshiriladigan muddatda; 
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan
korxonalar tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona 
soliq to‘lovini to‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda 
qo‘shiladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasida yagona soliq to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi. 
To‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet elda soliq 
to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda solig‘ining summasini 
hisobga olish uchun asos bo‘ladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin