Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni to‘lovchilar, ob’ekti va bazasi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni to‘lovchilar, ob’ekti va bazasi. 
Respublika yo‘l 
jamg‘armasi yig‘imlariga quyidagilar kiradi: 
- avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik 
olib kirganlik uchun yig‘im;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va 
uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im. 
Amaldagi soliq kodeksining 321-moddasiga binoan avtotransport vositalarini oluvchi yoki 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston 
Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Chet 
davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘imi 
to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. 
Yig‘imlar uchun ob’ekt quyidagilardir: 
- avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib 
kirish; 
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va 
uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish. 
Yig‘imlar undiriladigan baza sifatida quyidagilar belgilangan:
- olingan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport 
vositalarining qiymati; 
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida 
o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari. 
Yig‘imlar stavkasi, imtiyozlar va yig‘imlarni to‘lash tartibi. 
Avtotransport vositalarini 
olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni stavkalari har 
yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq belgilanadi va uni to‘lashdan quyidagilar 
ozod qilinadilar: 
1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil 
avtomobilni yoki motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar; 


315 
2) ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘idan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi 
avtomobil oluvchi fuqarolar, shuningdek yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros 
asosida avtomobillar va motoaravachalarni oluvchi fuqarolar; 
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va 
qurishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan 
korxonalar – mazkur ishlarni amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan avtotransport vositalari 
bo‘yicha; 
4) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq 
yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtotransport 
korxonalari – yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (engil 
avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari); 
5) yuridik shaxslar – qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, olingan kon avtosamosvallari 
bo‘yicha; 
6) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, 
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, 
shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari; 
7) yuridik shaxslar – avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazishda; 
8) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris; 
9) avtotransport vositalarini 3–5-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun 
oluvchi lizing beruvchilar. 
Avtotransport vositalarini olganlik yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik 
olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda 
undiriladi: 
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, 
shuningdek qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda; 
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda; 
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda. Yig‘im taraflarning yozma 
kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing 
shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti 
bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi; 
4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda. 
Avtotransport vositalarini olish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib 
kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport 
vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga 
oshirilmaydi. 
Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning 
hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin