Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

2. Nazorat funksiyasi
– iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini 
yerkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat 
qilish funksiyasi kuchaymoqda. Bunga uning shakl va uslublarini takomillashtirish, buxgalteriya hisobining 
xalqaro va milliy standartlarini joriy qilish, hisob ishlarini kompyutyerlashtirish, buxgaltyer, iqtisodchi va 
tahlilchilarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari imkoniyatlaridan keng foydalanish sabab bo‘lmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi subektlar 
huquqlarining kengaytirilishi, xalq xo‘jaligida moliyaviy nazorat tizimining mahsulot ishlab chiqarish va 
realizatsiya qilish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ustidan nazoratning pasaytirilishini 
bildirmaydi. Aksincha, moliya-hisob markazi (MHM), vazirlik va davlat idoralarining nazorat va taftish 
xizmatlari, banklar, auditorlik tashkilotlar va soliq inspeksiyasi xodimlari yangicha xo‘jalik yuritish 
uslublariga tayangan holda barcha resurslardan oqilona foydalanish ustidan kuchli nazorat o‘rnatishlari 
lozim. Buxgalteriya hisobining yagona yaxlit tizimida nazorat qilish funksiyasining roli kuchaymoqda va 
yanada ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, korxona ma'muriyati yoki mulkdorlarga nafaqat o‘z 
korxonasining moliyaviy ahvolini bilish, balki raqobatchi korxonalarning hamda hamkorlarining moliyaviy 
ahvolini, to‘lov layoqatini bilish zarur. 
Buxgalteriya hisobining maxsus usullari va amallari yordamida nazoratning uchta turi yuritiladi: 
dastlabki
– xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgungacha; 
joriy
– xo‘jalik muomalasini amalga oshirish; 
keyingi
– muomala sodir bo‘lganidan so‘nggi. 
Hisob jarayonining axborotlarni to‘plash, o‘lchash, ro‘yxatga olishdan tortib, to zarur bo‘lgan 
oraliq, natijaviy va hisobot ko‘rsatkichlarini olish bilan yakunlanadigan barcha bosqichlarida kompyutyer 
va boshqa tashkiliy-texnik vositalardan foydalanish buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimidagi nazorat 
funksiyasini kuchaytirishga doir vazifalarni bajarishga yordam beradi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin