Endi bundan buyon oilani qo‘llab-quvvatlashda maxsus davlat idora organi va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik asosida ish olib boradi.
Oila institutini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha yangidan qabul
qilinadigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bugungi va ertangi kun
talablariga javob berishi, amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish
va qo‘shimchalar esa, oila maqomini kuchaytirishi, uning jamiyatdagi o‘rnini
anglashga yordam berishi, oilani davlat tomonidan, boshqa fuqarolik jamiyati
institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish ko‘zlangan asosiy
maqsadlardan.
Keyingi paytlarda oilaga muhim institut sifatida qaralib, uni mustahkamlash
uchun alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2018-yil 2-fevralda 0 ‘zbekiston
Prezidenti «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash
sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida» Farmon
qabul qildi. 2018-yil 27-iyunda esa 0 ‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston
Respublikasida
oila
institutini
mustahkamlash
konsepsiyasini
tasdiqlash
to‘g ‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu muhim hujjatlar oila institutini davlat
tomonidan himoyalashni yanada kuchaytiradi.
3-§. Nikoh tuzish asoslari
Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning
qonuniy sharti
bo‘lib,
u
Konstitutsiyada
belgilangan.
Konstitutsiyaning
63-moddasida: «Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga
asoslanadi», - degan qoida o‘z ifodasini topgan.
Oilaning asosi nikoh bo‘lsa, nikoh, birinchidan, tomonlarning mutlaq roziligi
bilan, ikkinchidan, teng huquqliligi asosida tuziladi. Shundan xulosa qilib aytilsa,
nikoh tuzish asoslari tomonlarning roziligi (ixtiyoriylik) va tomonlarning - er va
xotinning teng huquqligidir. Nikohlanuvchilarning roziligi haqiqiy bo‘lishi, biror
tomonning roziligi har qanday tazyiq, qo‘rqitish, kuch ishlatish orqali olinmasligi
kerak.
0 ‘zbekistonda nikoh munosabatlari maxsus qonun bilan tartibga solinib,
unda ham nikoh tuzishning ba’zi asoslari belgilangan. Unga asosan, nikoh
tuzishga kelgan shaxslar, albatta, qarama-qarshi jins vakillari (erkak va ayol)
bo‘lishi kerak. Nikoh tuzish uchun m a’lum yoshga yetgan bo‘lishi (18 yosh)1
talab etiladi.
Bundan tashqari, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilar sog‘lom bo‘lishi talab
etiladi. Sababi, nikoh natijasida qurilgan oilalar, albatta, farzand ko‘rishni maqsad
qilib qo‘yadi. Dunyoga sog‘lom farzand kelishi uchun ota va ona so g ‘lom bo‘lishi
kerak.
Shu masalani hal qilish uchun 0 ‘zbekiston hukumati «Nikohlanuvchi
shaxslarni tibbiy ko'rikdan o‘tkazish to‘g ‘risidagi Nizormni tasdiqlagan. Ko‘rikdan
Dostları ilə paylaş: