turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan, eng kamida
ikkita yoki ko‘plab
turistik xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot
vositalari, boshqa turistik zaxiralardan tashkil topgan turistik
xizmatlar paketining tarkibiga kiruvchi majmuadan iborat (6- rasm).
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining
3- moddasiga asosan: «Tur – muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik
xizmatlar majmuyi (joy bandlash,
joylashtirish, ovqatlantirish,
transport, rekreatsiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar)
bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat», – deb
belgilangan.
Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib, turistik mahsulotning
asosiyelementlari bo‘yicha turistik xarajatlar tarkibi quyidagi holatda
bo‘ladi (6- rasm):
6- rasm.
Turistik mahsulotning asosiy elementlari bo‘yicha
turistik xarajatlar tarkibi
Turistik xarajatlar tarkibida ko‘rsatilganidek, turist sayohat uchun
sarf qiladigan umumiy xarajatlarining 50% ini asosiy xizmatlar
turpaketning xarajatlari, 30% ini qo‘shimcha turistik xizmatlar, 20%
ini tovar (sotib olish: suvenir va boshqalar) xarajatlari tashkil etadi.
Bundan ko‘rinib
turibdiki, asosiy xizmatlar turist xarajatlarining
asosini tashkil etsa-da, qo‘shimcha
xizmatlar uchun ham turist
qolgan pulining aksariyat qismini sarflay olishi mumkin ekan.
2. 4. Jozibador turistik mahsulot yaratish va xizmat kursatish
klasslari
Turoperator faoliyatning asosiy vazifasi tegishli xizmat ko‘rsatish
dasturi bilan mustahkamlangan tur yaratish hisoblanadi. Aynan shu
turistik mahsulot turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib,
bozorga
chiqariladigan asosiy turistik mahsulot hisoblanadi. Sotishni tashkil
etish usuli va turist talabnomasining turiga qarab turlar
Dostları ilə paylaş: