Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan samarali foydalanish masalalari



Yüklə 113 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü113 Kb.
#170819
  1   2
xalq-ta-limi-tizimini-moliyalashtirish-manbalari-va-ulardan-samarali-foydalanish-masalalari



Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish manbalari va ulardan 
samarali foydalanish masalalari 
 
Shahobiddin Rustamov 
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada maqolada O‘zbekiston Respublikasida xalq 
ta’limi muassasalarida xarajatlarni moliyalashtirish manbalari, tarkibi va ularni 
optimallashtirish masalalari yoritilgan. 
 
Kalit so‘zlar:
ta’lim tizimi, ta’lim xarajatlari, moliyalashtirishning davlat 
manbalari, moliyalashtirishning nodavlat manbalari, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali 
Sources of financing the public education system and issues of 
their effective use 
 
Shahobiddin Rustamov 
Banking and Finance Academy of Uzbekistan 
 
Abstract: 
В данной статье освещены источники, состав и оптимизация 
расходов в государственных образовательных учреждениях Республики 
Узбекистан. 
Keywords:
education system, education costs, state sources of funding, non-state 
sources of funding, cost estimates, state table
 
 
Barchamizga ma’lumki ta’lim sohasidagi islohotlar mamlakatimizda olib 
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo‘nalishlaridan 
biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonni 
rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal 
islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, 
tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli 
va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham 
bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha - ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh 
qilishni boshladik”.
1
Mamlakat uchun davlatdagi ta’lim tizimining qay holatda ekanligi va qanday 
kadrlar kelajakda tayyorlanishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimining faoliyati esa 
ta’limga bo‘lgan e’tiborga asoslanadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020, http://www.press-
service.uz 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1350


O‘zbekistonlik iqtisodchi H.Do‘stmuhammadning fikricha “Ta’lim - bu barkamol 
insonni shakllantirishga qaratilgan investitsiya. Jamiyat ham, davlat ham, bunday 
investitsiya kiritishdan manfaatdor, chunki, ta’lim sifatini oshirish ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, mavjud ijtimoiy muammolarni 
bartaraf etishga xizmat qiladi. Shu bois, ta’limga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resusrlr 
va ulanrdan samarali foydalanish chora-tadbirlari qo‘llanilayotgan ustuvor ahamiyatga 
egadir”
2

Shu bilan birga, soha sifatida ta’lim bu aholining ta’lim xizmatlariga bo‘lgan turli 
ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, jamiyatning inson resurslarini ko‘paytirish va 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadigan muassasalar, 
tashkilotlar va korxonalar to‘plamidan iboratdir. Ta’limning pedagogik jarayon sifatida 
asosiy maqsadi, uning vazifasi insonning shaxs, ishchi, fuqaro sifatidagi qadriyatlarini 
oshirishdir. Takror ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sishningsharti bo‘lar ekan, unda ta’lim 
omilining o‘rni beqiyos. O‘zbekistonda ta’lim har bir insonning butun umri davomida 
hayotining tarkibiy qismiga aylanish imkonini yaratadigan ta’lim tizimi joriy etildi. 
Mamlakatimizda 2017 yil 1 oktyabr holatiga xalq ta’limi tizimi maktabgacha 
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va maktabdan tashqari ta’limini o‘z ichiga olgan. Endilikda 
Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiya jarayonini 
tashkil etish funktsiyalari barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga 
Maktabgacha ta’lim vazirligiga o‘tkazilgan. Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi 
ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat 
organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar 
madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari 
ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, 
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, 
axborot-kutubxona muassasalari, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa 
muassasalar kiradi. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiysi bu, shaxs 
salohiyatini ko‘tarish hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya isloh qilishning, 
takomillashtirishning, eng avvalo huquqiy asoslari yaratildi. 1992 yil 8 dekabrdagi o‘n 
ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinib, har bir fuqoroning bepul umumiy ta’lim 
olish huquqi, ta’limning davlat nazoratida ekanligi qonuniy kafolatlandi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuniga 
ko‘ra ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat
3

- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); 
2
Do‘stmuhammad H.Xalq ta’limini moliyalashtirish. Mogorafiya.-T.IQTISODIYOT,2016.-142 bet 
3
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1351


- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); 
- dual ta’lim; 
- oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; 
- katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; 
- inklyuziv ta’lim; 
- eksternat tartibidagi ta’lim; 
- mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar 
tayyorlash. 
Bugungu kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi turlarini quyidagicha tasniflash 
mumkin (1-jadval).
1-jadval 
O‘zbekistonda ta’lim tizimi turlari
4
№ 
Ta’lim turlari 
Ta’lim turlarining tarkibi 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya 

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus 
ta’lim 
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); 
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). 
Professional ta’lim 
boshlang‘ich professional ta’lim; 
o‘rta professional ta’lim; 
o‘rta maxsus professional ta’lim 
Oliy ta’lim 
bakalavriat; 
magistratura 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim 
tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD); 
doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) 
Ta’lim tizimining samaradorligi uni moliyalashtirish bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Shunday ekan, dastlab moliyalashtirishning mohiyati va zarurligini ko‘rib 
chiqamiz, keyin ta’lim tizimini moliyalashtirish xususiyatlarini tadqiq qilamiz.
Mamlakatimiz inson manfaatlari uning huquqlari va erkinliklari yuksak 
darajadagi qadriyatlardan biri bo‘lgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy 
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil qadamlar tashlab 
borar ekan, bugungi kunda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan bir qator yutuqlarga 
erishayotganligi va barcha sohalardagi islohotlar jadalravishda olib borilayotganligi, 
ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan resurslarning bugungi kundagi samarasi bilan izohlanadi. 
Moliyalashtirish deganda tor ma’noda pul mablag‘lari, moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash tushuniladigan bo‘lsa, kengroq ma’noda belgilangan maqsadga erishish 
yoki faoliyatni amalga oshirish uchun moliyaviy ta’minlashni, ya’ni moliyaviy 
resurslar ajratishni tushunishimiz mumkin. 
Ta’limni moliyalashtirish tegishli moliyaviy-iqtisodiy mexanizmga asoslanadi. 
Moliyaviy-iqtisodiy mexanizm tarkibi murakkab bo‘lib, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy elementlarning (quyi tizimlar) birligini tashkil qiladi. 
4
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni asosida 
magistrant tomonidan tayyorlandgan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1352


Ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida qulay vaziyatni ta’minlash uchun ta’lim 
muassasalari va idoralar tomonidan moliyaviy resurslarni yaratish, taqsimlash va 
ulardan foydalanish shartlari, shakllari va usullari majmui moliyaviy mexanizni tashkil 
etadi. Ushbu mexanizmning o‘ziga xosligi ta’lim sohasida, har bir bog‘lanishda va turli 
o‘quv muassasalarida mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga 
xos xususiyatlari bilan bog‘liq. 
Ta’lim sohasidagi zamonaviy moliyaviy mexanizm ta’lim muassasalarini byudjet 
tomonidan moliyalashtirishni pullik ta’lim xizmatlarini rivojlantirish va boshqa o‘zini 
o‘zi moliyalashtirish manbalarini rivojlantirish bilan birgalikda tavsiflanadi. Shu bilan 
birga, bepul xizmatlarni pullik xizmatlar bilan almashtirish mumkin emas deb 
hisoblanadi va asosiy e’tibor ularni oqilona uyg‘unlashtirishga qaratiladi.
Ta’lim tizimining moliyaviy mexanizmi umumiy ko‘rinishda ta’lim 
muassasalarining moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish jarayonlarini maqsadli tartibga solish tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. 
D. Raxmonovning fikricha “Ta’lim tizimini moliyalashtirish yo‘nalishlarini 
kengaytirish lozimligi ta’lim bilan aholini qamrab olishning dolzarbligi orqali ifoda 
etiladi. O‘zbekistonda ta’limning qamrab olish darajasi birmuncha kichik raqamlarda 
bo‘lib qolayotganligi uning moliyaviy dastaklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Shu boisdan ham, ta’lim tizimini moliyalashtirish mianbalarini va ularning 
boshqaruvini liberallashtirish zaruriyati tug‘iladi
5
.
H.Do‘stmuhammadning fikricha “Xalq ta’limi tizimi xarajatlarini samarali 
amalga oshirishni tashkil qilish birinchi navbatda, xarajatlarni rejalashtirilgan 
obyektlar to‘liq qamrab olinishi va ular bo‘yicha hisoblanishi lozim bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarning mutlaq va nisbiy darajalariga bog‘liq. Ta’lim tizimining byudjet 
hisobi xarajatlarni amalga oshirishda umumta’lim muassasalarini saqlash uchun 
xarajatlarni turlari bo‘yicha me’yorlashtirish usulidan ko‘ra, bir o‘quvchiga o‘rtacha 
me’yorlar asosida xarajatlarni amalga oshirish ko‘rsatkichi maqbul yo‘l hisoblanadi. 
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 
va ulardagi tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar soni yilma-yil kamayib borish 
tendentsiyasiga ega. Aksincha, respublikamizda akademik litseylar soni esa keskin 
o‘sish tendentsiyasiga ega
6
.
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan, kadrlar 
buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari 
5
Raxmonov D. O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisod 
fanlari doktori darajasiniolish uchun dissertatsiya. T.2018 yil 
6
Do‘stmuhammad H.Xalq ta’limini moliyalashtirish. Mogorafiya.-.Iqtisodiyot,2016.-142 bet 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1353


mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar 
buyurtmachilarining pul va moddiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim 
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish huquqiga ega. Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim 
muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 
Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun 
haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat ta’lim 
muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini mustaqil ravishda 
tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan 
iborat
7
:
- shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar 
bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar; 
- jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-
uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan 
mablag‘lar; 
- ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va 
ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; 
- binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan 
mablag‘lar; 
- ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga 
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar); 
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar; 
- bank kreditlari va ssudalari; 
- jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari. 
Fikrimizcha, bugungi kunda ta’lim tizimini moliyalshtirish manbalarini 
quyidagicha tizimlashtirish mumkin (1-rasm):
7
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son Qonunining 62-moddasi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1354


1-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish manbalari
8
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limda va boshlang‘ich professional 
ta’limda ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim 
oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi. 
Ta’lim tizimini moliyalashtirish mexanizmlari, jalb qilingan mablag‘larning 
manbalari, ularni taqsimlash usullari, boshqaruv organlari, davlat mablag‘larini ajratish 
shartlari va mezonlari bo‘yicha farqlanadi, bunda moliyalashtirishning bozor sxemalari 
va mexanizmlarini qo‘llash asos qilib olinadi. Ta’lim tizimini moliyalashtirishning 
aksariyat modellarida markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan moliyalashtirish 
usullari qo‘llaniladi. Ta’lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish mexanizmi va 
amaliyotini ishimizning 2-bobida batafsil to‘xtalamiz. 
8
Ilmiy tadqiqot natijasida magistrant tomonidan tayyorlangan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1355


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini 
mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-sonli Qaroriga asosan davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan 
ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet 
tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet 
mablag‘laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 2000 yil 1 yanvardan boshlab 
byudjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashning yangi tartibini joriy 
etildi.
Qaror bilan barcha byudjet tashkilotlarida Byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg‘armasi tashkil etildi. Ta’lim muassasalarida byudjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg‘armasi mablag‘lari faqat avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha 
nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga, byudjet tashkilotining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash tadbirlariga va ijtimoiy rivojlantirish va byudjet 
tashkilotlarining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi. 
Ta’lim muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan 
nafaqalar muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, Byudjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan byudjet mablag‘lari 
doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish 
bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.
Agar kreditorlik qarzi byudjet tashkilotining xarajatlari vaqtincha etarli miqdorda 
mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, 
kreditorlik qarzning Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan 
miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida byudjetdan 
qoplanadi. 
Ta’lim muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan 
nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar belgilangan 
doirada va shartlarda to‘langan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish 
va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin byudjet tashkilotini 
rivojlantirish jamg‘armasining qolgan mablag‘lari tushgan barcha mablag‘larning 
kamida 75 foizi (sog‘liqni saqlash byudjet tashkilotlarida kamida 50 foizi) moddiy-
texnika bazani mustahkamlashga; ko‘pi bilan 25 foizi (sog‘liqni saqlash byudjet 
tashkilotlarida kamida 50 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda) byudjet tashkilotlari 
xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish tadbirlariga sarflanadi.
Shunday qilib, ta’lim tizimining moliyaviy mablag‘lari davlat byudjeti
byudjetdan tashqari jamg‘armalar va ta’lim muassasalarining rivojlantirish 
jamg‘armasi hamda boshqa tashqi manbalar hisobidan shakllantiriladi. Ular byudjet 
tasnifiga mos ravishda daromad va xarajatlar shaklida guruhlanadi. Davlat byudjet 
tizimining yagonaligi, yagona tasnif, ta’lim muassasalarini boshqarishda tegishli 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1356


statistik hisobotlarni taqdim etish, rejalashtirish hujjatlar shakllaridan foydalanilishi 
xalq ta’limi byudjetining huquqiy bazasini ta’minlaydi. 
Ta’lim muassasalarida byudjet mablag‘larining taqsimlanishi va ulardan 
foydalanish samaradorligini
 
oshirishning yangi shakl va usullarini qo‘llash 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
davlatchiligini 
mustahkamlash 
jarayonini 
barqarorlashtirishga xizmat qiladi, ta’limning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini 
moliyalashtirishning yangi va qo‘shimcha imkoniyatlarini qidirib topishga imkon 
beradi. 
Hozirda davlat byudjet va mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismining o‘sishi va 
daromadlar qismiga kelib tushayotgan tushumlarning bir maromda tushmasligi 
natijasida faqatgina mahalliy byudjetlarning birinchi ehtiyojli xarajatlari amalga 
oshirilmoqda. Ta’lim muassasalari, xususan maktab ta’limi muassasalarining texnik 
jihozlash va binolarini ta’mirlash ishlarida ajratilgan mablag‘lar miqdorining kamligi 
ushbu tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlay olmayapti. 
Shularni inobatga olgan holda maktab ta’limi muassasalarida juda katta imkoniyat 
mavjud bo‘lgani holda o‘zlarini maxsus mablag‘lar manbalarini yaratishlari kerak. 
Qo‘shimcha yaratilgan manbalardan olingan mablag‘lar natijasida, maktab ta’limi 
muassasalari ayrim xarajat moddalariga byudjetdan ajratilgan mablag‘larni 
etishmaydigan qismini qoplash uchun tadbirlar o‘tkazishlari mumkin. 
Maktab ta’limi muassasalarida qo‘shimcha mablag‘lar manbalarini tashkil qilish 
mumkinmi degan savolga, qo‘yidagicha javob berish mumkin. Ha, har qanday yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarda qo‘shimcha 
daromad manbalarini yaratish imkoniyati mavjud, buning uchun esa quyidagilarning 
bajarilishiga erishish talab etiladi: 
1. Har bir tashkilot raxbari bozor iqtisodi qonun-qoidalarini chuqur tushungan 
bo‘lish kerak. 
2. Tasdiqlangan smeta bo‘yicha ajratilgan byudjet mablag‘larini faqat belgilangan 
maqsadlar uchun ishlatish kerak. 
3. Ta’lim muassasasining barcha zarar bilan ishlaydigan bo‘lim va faoliyatlaridan 
voz kechish kerak. 
4. Kommunal xizmat xarajatlari bo‘yicha bo‘ladigan barcha xarajatlarni maqsadli 
amalga oshirilishini ta’minlash zarur. 
Mana shu tamoyillarga amal qilgan holda hozirgi byudjet mablag‘lari tanqisligi 
sharoitida byudjet mablag‘larini tejash mumkin va shu asosida muassasani moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish uchun poydevor yaratiladi. 
Bu o‘z navbatida ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini kuchaytirishga 
asos bo‘ladi. Bundan tashqari maktab ta’limi muassasalari O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi ro‘xsati bilan o‘z ish faoliyatida o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1357


Bu holatda ushbu muassasani mablag‘ bilan shu tashkilotning o‘zi bevosita 
ta’minlaydi. 
Maktab ta’limi muassasalari har yili joriy yil boshida maxsus mablag‘lar smetasi 
tuzib, yuqori tashkilotlari tomonidan tasdiqlanib olinadi. Tasdiqlangan smetaga asosan 
daromadlarning asosiy qismi muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 
yo‘naltiriladi.
Mamlakatimizda maktab ta’limi xarajatlarini ixchamlashtirish bo‘yicha muttasil 
ish olib borilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun asosan ikkita yo‘l tanlangan: 
- ta’lim tizimida xususiy muassasalarni rivojlantirishga imkon yaratish; 
- davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ta’lim muassasalari tomonidan 
ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar evaziga (ayrim fanlar buyicha repetitorlik kurslari, 
bolalarni ma’naviy va jismoniy barkamollikka etkazishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha 
to‘garaklar uchun) mablag‘lar jalb etish yoki ularning miqdorini oshirish. 
Xususiy ta’lim muassasalari tizimini vujudga keltirish uchun qilingan eng katta 
qadam O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 24 iyundagi 313-
sonli «Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish va rivojlantirish 
to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi bo‘ldi. Shu bilan birga, boshqa turdagi 
nodavlat ta’lim muassasalari tashkil qilinishi bo‘yicha ishlarning nisbatan sust olib 
borilayotganligini ham ta’kidlash o‘rinlidir. 
Xususiy ta’lim tizimini rivojlanishi ko‘p jihatdan aholining to‘lov qobiliyatiga 
bog‘liq. Respublikamizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlanib, aholining 
to‘lov qobiliyati oshgan sayin ushbu muassasalarga bo‘lgan talab ortib boradi.
Ta’lim xarajatlari bir qismining aholi mablag‘lari hisobidan qoplanishi uchun 
davlat tomonidan turli xil to‘lovlar joriy etilishi amaliyoti jahonning deyarli barcha 
mamlakatlarida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, har bir to‘lov turining tadbiq etilishi 
natijasida muassasaga qatnovchi bolalar soni kamayib ketmasligi, asossiz to‘lovlarni 
joriy etmaslik va kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari 
uchun turli xildagi imtiyozlar berilishining nazarda tutilishi mamlakatimiz ijtimoiy 
siyosatiga mosdir. 

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin