4. Harfiy yozuv
. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi to‘g‘ri keladi. Bu
tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga
borib taqaladi. Eramizdan avvalgi YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat
ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy
variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan bu alifboning juda ko‘p variantlari shakllana
boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p xalqlar tomonidan qo‘llanib kelayotgan arab
yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III
asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan.
O‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik
so‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu
eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.
•
Bundan tashqari eroniy va O‘rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu
yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo‘lgan.
•
Birinchi alifboni eramizdan
oldingi II ming yillikda
finikiyalikla
r yaratgan. Bu
alifbo 22 harfdan iborat bo`lgan.
Harflar faqat undosh tovushlarni yoki undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo`g`inlardan tuzilga
n.1 Chunki finikiyaliklar tili semit tillari oilasiga mansub bo`lgan.
Unda undosh tovushlar asosiy rol o`ynagan. so`zlarning ildizi undosh tovushlardan tuzilgan.
Unli tovushlar esa asosan gramatik bog`lanishlarni va so`zning shaklini ifodalagan.
Shu sababli finikiyaliklar alifbosi yozuvning bo`g`inli
va harf-
tovushli tizimi o`rtasida oraliq mavqeni egallagan.
•