e.
individual o ‘quv dasturlari.
N am unaviy o 'q u v dasturlari u yoki bu ta ’lim sohasiga nisbatan davlat ta ’lim
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi.
N am unaviy o ‘quv dasturlari quyidagi tarkibiy tuzilm aga ega:
- fanni o ‘rganish m aqsadi;
- o'quvchilarning bilim , ko'nikm a, m alakalariga q o ‘yiladigan asosiy talablar;
- fanni o ‘qitish uchun tavsiya etiladigan shakl va m etodlar haqidagi tushuntirish
xati;
- o ‘rganilayotgan m aterialning tem atik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o ‘rganishga o ‘qituvchi
sarflaydigan taxminiy
soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollar ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo b o g ‘liqlikni am alga oshirish bo ‘yicha ko‘rsatmalar;
- o ‘quv uskunalari va k o ‘rgazm ali q o ila n m a lar ro ‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
N am unaviy dastur asosida o ‘quv jarayonining m etodik, axborot, texnik
ta ’m inlash imkoniyati, o ‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari inobatga olingan holda
ishlab chiqilgan ishchi o ‘quv dasturlari ta ’lim m uassasalarining Pedagogik
kengashlari tom onidan tasdiqlanadi.
M ualliflik o ‘quv dasturlari davlat ta ’lim standartlari talablarini hisobga olgan
holda o ‘quv fani qurilishining o ‘zgacha shaklda bo'lishi, o ‘rganilayotgan hodisa va
jarayonlarga nisbatan m u a llif nuqtai nazarining aks etishi bilan boshqa o ‘quv
dasturlaridan farqlanadi. Bu turdagi dasturlar tegishli fan sohasi bo ‘yicha faoliyat olib
borayotgan pedagog,
psixolog, m etodistlam ing tashqi taqrizlariga ega bo'lishi va
ta ’lim m uassasalarining Pedagogik kengashlari tom onidan tasdiqlanishi zarur.
M uqobil o 'q u v dasturlari tayanch va nam unaviy o 'q u v dasturlari asosida
am aldagi ishchi o 'q u v dasturlariga muqobil ravishda yaratiladi va ta ’lini
m uassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Individual
o 'q u v dasturlari m uayyan o 'q u v fani yoki bilim sohasi b o 'y ich a ta ’lim oluvchilarninr
qobiliyati, iqtidorini inobatga olgan holda uni yanada rivojlantirish m aqsadida ishlab
chiqilib, ta ’lim m uassasasining Pedagogik kengashlari tom onidan tasdiqlanadi.
T a’lim mazmuni o 'q u v adabiyotlarida loyihalashtiriladi.
102
0 ‘quv fanlari bo‘yicha yaratilgan darsliklar, o'quv hamda metodik qo'llanmalar,
mashq va masalalar to'plam i, xrestomatiyalar, m a’lumotnomalar, atlaslar, o'quv
lug'atlari o 'q u v adabiyotlar sanaladi.
D arslik muayyan o'quv fani bo'yicha ta ’lim maqsadi, o'quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to'g'risidagi m a’lumotlami beruvchi
manba b o'lib, u mazmuni, tuzilishiga k o 'ra o 'quv dasturiga mos keladi.
Namunaviy o 'q u v dasturlari asosida yaratilgan darsliklar
tegishli ravishda
Respublika Oliy va o 'rta m axsus ta ’lim yoki Xalq ta ’limi Vazirliklari tomonidan
muayyan ta ’lim muassasalari uchun tavsiya etiladi.
Darslik ta ’lim m azm uniga qo'yiladigan barcha talablarga javob bera olishi,
m a’lumotlar o'quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko'rgazmali,
estetik xususiyatga ega boMishi kerak.
Darsliklar quyidagi didaktik vazifalami bajaradi:
1) rag'batlantirish (o'quvchilarni fanni o'rganishga yo'naltirish, ularda fan
asoslarini o'zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantirish);
2) axborot uzatish (o'quvchilarga axborotlami etkazish,
samarali usullar
yordam ida ulam ing bilimlari hajmini kengaytirish);
3) nazorat-tuzatish (mashq qilish; ta ’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish,
o'quvchilarda o'zini baholash, tuzatish layoqati va zarur ko'nikma, malakalarni
shakllantirish uchun mashqlarini tavsiya etish);
4) muvofiqlashtirish (material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa
vositalari (xaritalar, ko'rgazm ali materiallar, diapozitiv va b.sh.)ni jalb etish);
5) rivojlantirish-tarbiyalash (darslik mazmunining o'quvchilarga ma’naviy-
axloqiy ta ’sir ko'rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik,
faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirish);
6) o'qitish (darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo'lgan
konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko'rsatish,
mantiqiy eslab qolish
kabi malakalarni rivojlantirish).
Darslikni yaratishda quyidagi shartlar inobatga olinishi lozim:
1. Har bir o 'q u v predmeti uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi,
uning hajmi tegishli o 'q u v dasturi talablariga va u mo'ljallangan o'quvchilam ing
yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlar nazariy, g'oyaviy jihatdan tizimli,
izchil, keltirilayotgan dalil va isbotlar ishonchli bo'lishi, ular to 'g 'ri tahlil qilinishi,
aniq ta ’rif etilishi, mavzular yuzasidan zarur xulosalar chiqarilishi asosida ta ’lim
103
oluvchilarda dunyoqarash, m a’naviy-axloqiy sifatlar ham da e ’tiqodni tarbiyalay
olishi lozim.
3. 0 ‘quv darsliklarida bayon etilayotgan bilim lar am aliyot bilan bog‘lanishi,
jam iyat
hayotining barcha - ijtim oiy, iqtisodiy, m adaniy sohalarida erishilgan
yutuqlarni tavsiflaydigan dalillar bilan boyitilishi, ularning tahlili bilan asoslanishi
zarur.
4. D arsliklarda bayon qilinayotgan m avzular o 'q u v materialining xarakteriga
bog‘liq holda tegishli qoida va ta ’riflar berilishi, dalillar keltirilishi, ba’zi
materiallar
rasm , surat, sxem a, diagram m a ham da boshqa tasvirlar bilan boyitilishi maqsadga
muvofiqdir.
5. Bayon qilinayotgan m ateriallar o ‘quvchilarga tushunarli boMishi, lo‘nda,
ixcham ju m lala r asosida yoritilishi kerak.
6. Darslikning tashqi ko‘rinishi, bezagi muayyan yosh davri ta’lim oluvchilarining
estetik didlariga, psixologik xususiyatlariga mos kelishi lozim.
7. O 'q u v darsliklarining tegishli yo sh davri o ‘quvchilari uchun joriy qilingan
gigiena qoidalariga muvofiq boMishi talab qilinadi.
8. D arsliklar fanda isbot qilinm agan, m a’lum ta ’rif va qoidalarga ega
boMmagan, m uam m oli masalalardan holi boMishi zarur.
Dostları ilə paylaş: