Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix02.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#171000
1   2   3   4   5   6
Z Rasulova Resp Konf 2022 1 (1)

Tanqidiy fikrlash elemetlari
tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir 
axborot – tanqidiy fikrlashning boshlanishidir 
tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi 
tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir 
tanqidiy fikrlash savolning qo‘yilishi va hal qilinishi muammonaniqlashdan boshladi 


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” 
MAVZUSIDAGI 22-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
128 
www.academiascience.uz

yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; 

qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta‘sir qilishini tushunish. 
Bunda odam bu g‗oyalarni dastlab ma‘lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok 
qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun 
qo‗shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o‗z nuqtai-nazarini 
ishlab chiqadi. Tanqidiy fikrlash - g‗oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan 
uyg‗unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek 
murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir 
vaqtda ro‗y beradigan jarayon ham bo‗lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-
nayranglar kamroq ta‘sir qiladi, o‗zining shaxsiy qarashlar tizimi bo‗lgani uchun ular 
turli xavf-xatardan holi bo‗ladilar. 
Tanqidiy fikrlashda g‗oyalar va ularning ahamiyati ko‗pfikrlilik nuqtai-
nazaridan ko‗rib chiqiladi hamda ular boshqa g‗oyalar bilan taqqoslanadi. Bu 
fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo‗lib, unda tahlil, taqqoslash, 
izohlash, qo‗llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash 
jarayonini baholashga alohida e‘tibor beriladi. Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh 
bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlash ta‘lim jarayoniga 
jo‗shqinlik baxsh etadi, mashg‗ulotlarni o‗qituvchi va talaba uchun quvonchga 
aylantiradi. 
Hozirda talabalarni o‗qishga o‗rgatish va tanqidiy fikrlashni egallashlari muhim 
vazifa bo‗lib hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch kelar ekan, talabalar uni mustaqil 
ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o‗z ehtiyoj va 
maqsadlari yo‗lida foydalana olish imkoniyati to‗g‗risida xulosa yasay olishlari zarur. 
Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‗lib yetishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, 
o‗zini sinab ko‗rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur. 
Xulosa.
Talabalarni haqiqatan ham dolzarb muammo haqida fikrlash 
imkoniyatidan mahrum qilib, balki ularni tezda faol o‗ylash jarayoniga kirishishga va 
tajribada amalga oshirishga imkon beradigan texnologiyalarni joriy qilish maqsadga 
muvofiqdir. Tanqidiy fikrlash talabalarga hayotning murakkab o‗zgaruvchanlik 
ma‘nosini tushunib yetishga, jamoaning ochiq fikrini rivojlantirishga yordam beradi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Jumayev A. Bo‗lajak o‗qituvchi shaxsining ijtimoiy faollik omillari. / Xalq 
ta‘limi‖ jurnali, 2006, № 6. 17-20 b. 
2. Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. 
3. Селевко Г.К. Современные образовалетьные технологии. – М.: Народное 
Образованиеб 1998. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin