SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
312
ashulalar” ham uch-to‘rt va undan ortiq xofizlar birgalashib ijro qilishgan. Ana shu folklor
qo‘shiqlarning (yor-yor, o‘lan, yalla, xashar, besh qarsak, lapar, katta ashula va maqomlardagi
tarona, ufor naqsh qismlari) birgalikda jamoa bo‘lib aytish kabi ijrochilik shakllari kelgusida
o‘zbek xalqi orasida xor xavaskorligi, qolaversa o‘zbek xor san’ati
janrining rivojiga zamin
yaratdi.
Xavaskorlik xor jamoalari oktabr inqilobidan keyin ommani siyosiy ijodiyotini o‘stirish,
ommani uyg‘otish, uning ijodiy faoliyatini tashkil qilish kerak edi. Badiiy xavaskorlik sotsial
ehtiyoj bo‘lib, u sobiq ittifoq davrida tug‘ildi, shakllandi va o‘sdi.
1920 yillardan boshlab Respublikamizda raqs va xor jamoalari maktablarda, o‘quv
yurtlarida tuzilib keng tarqaldi. Har bir to‘garaklarda kichik xor ansambli bo‘lib, yallalar,
laparlar, revolyutsion qo‘shiqlar va marsiyalar ijro etilar edi. Shu yillarda Hamza Hakimzoda
Niyoziyning faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Shu davrlarda shahar va qishloqlardagi maktablarda xavaskorlik teatr, xor to‘garaklari
tashkil qilindi. Bu jamoalar xor, raqs va badiiy so‘z guruhlaridan iborat edi.
Maktab teatr xavaskorlik to‘garaklarini tashkil etishda V.Sakovich, Ali Ardobus kabi
tashabbuskorlar jonbozlik ko‘rsatdi. 1919 yili Sakovich 300 ta bolani maktab (xor,
raqs va
drama) teatriga birlashtirdi. “Zebiniso” maktabida qizlar xori, keyinchalik bu xor “San’atchi
qizlar” nomi bilan yuritildi.
1919 yilda Sh.Shoumarov “Namuna” nomli o‘zbek maktabida, 1922 yilda Saodatxonim
Yenikeyeva Toshkentda o‘zbek qizlaridan xor jamoalari tuzdilar.
Marg‘ilonda Usta Olim Komilov, Samarqandda Matyusuf Xarratov Turkiston fronti
qismlarida ham internatsional konsert brigadalari tashkil topadi. Ular ommaviy qo‘shiqlarni va
milliy ashulalarni kuylash bilan birga o‘zlari ham qo‘shiqlar to‘qishar edi. Masalan: “Botir
askar”, “Soqchi” va shunga o‘xshash juda ko‘p kuy va qo‘shiqlar bastalab xor jamoalari bilan
ijro qilar edilar. 1930 yillarga kelib musiqa xor xavaskorligida yangi burilish paydo bo‘ldi.
Yangi-yangi qo‘shiqlar yetuk bastakorlar tomonidan xor jamoalari uchun yozildi va ijro etildi.
Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Orif Qosimov, Faxriddin Sodiqovlar bir-ikki ovozli
xor qo‘shiqlari yaratdilar. Yunus Rajabiyning “Bizning qishloq” ,
Faxriddin Sodiqovning
“Xormang endi, kolxozchilar” kabi qo‘shiqlari xavaskorlik xor jamoalarida keng tarqaldi. 1934
yilda Toshkentda xavaskorlik san’atining viloyat musiqa badiiy olimpiadasi o‘tkazildi. 1000
kishilik qo‘shma xor, 300 kishilik damli zarbli orkestr qatnashdi. Bu olimpiada xavaskorlik
to‘garagi ish faoliyatini ancha faollashtirdi. 1937 yil Moskvada o‘tgan O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati dekadasida xor jamoalari faol qatnashdilar. 1938 yilda Respublika olimpiadasiga asosan
maktab va o‘quv yurtlari xor jamoalari, xavaskorlik to‘garaklari son jihatdan ko‘paydi.
Urushgacha davrda xor jamoalari soni ko‘paygani bilan sifat jihatidan uni son ijrochiligi
hukmron edi. 1943 yildan boshlab Respublika ijodiy uyi o‘z faoliyatini davom ettira boshladi.
1940 yillarning II-yarmidan boshlab barcha xor jamoalarini ishi tiklana bordi. 1946 yilda Badiiy
xavaskorlikning ikkinchi olimpiadasi o‘tkazildi. Bunda 20 ming kishini o‘z ichiga olgan
mingdan ortiq xavaskorlik jamoalari qatnashdi.
1949-1950 yillarda o‘tkazilgan uchinchi Sobiq ittifoq olimpiadasi o‘tkazildi. Bunda 1585
xavaskorlik jamoasi bo‘lib 25 ming kishi qatnashdi. Unda o‘zbek xori va ansambllari ishtirok
etdi. 1950 yillardan boshlab xor xavaskorligining ko‘p ovozlilik turi rivojlana bordi. Bunda
Toshkent Davlat Konservatoriyasi, musiqa bilim yurti madaniy oqartuv texnikumi o‘qituvchi va
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
313
talabalari tomonidan xor jamoalariga amaliy va metodik yordam berdilar va o‘zlari xor
jamoalarini ko‘plab tuzdilar.
S.Yudakovning “Tinchlik tarafdorlari marshi”, A.Muxamedovning “Tinchlik
bayroqdori”, S.Yudakovning “Mirzacho‘l” syuitasidan ayrim qismlari va ko‘p
ovozli xorlar
yangradi. 1953, 1954, 1955 yillarda o‘tkazilgan ashula bayramlarida 20 ming xavaskor ijrochilar
qatnashdi. Xilma-xil ko‘p ovozli xor asarlari yangradi. Bunda yuqori ijrochilik mahoratini
namoyish etdilar. 1950 yillarni oxiriga kelib Toshkent Davlat Konservatoriyasi o‘qituvchilari
M.Subayeva, S.Valenkovlarning bolalar xori tashkil qilindi. 1960-1970 yillarga kelib
xavaskorlik xor jamoalarini son va sifati o‘zgardi. 1975-1977 yillarga kelib Birinchi Butun
ittifoq mehnatkashlar badiiy ijodiyoti festivalining zonal ko‘riklarida ko‘pgina xor jamoalari
laureat, diplom va oltin medallar bilan taqdirlandilar.
1977 yilda O‘zbekiston xavaskorlik xor jamoalari Tallinda o‘tkazilgan festivalda o‘z
chiqishlari orqali o’z xor jamoalari mahoratlarini namoyish qildilar. Bugungi kunda qadar
O‘zbekistonda musiqa va xor san’atiga yanada katta e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda bolalar xor ijrochiligining rivojlanishida Ye.M.Kenzer, S.A.Valenkov,
A.Vasileva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sh.Yormatovlarning xizmatlari juda katta.
Hozirgi davrda “Bulbulcha” bolalar xori Toshkent Davlat Radiosi Telekompaniyasi qoshida
tashkil topgan va ayni vaqtda O’zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi qoshida o’z ijodiy
faoliyatini olib bormoqda. Ansamblning badiiy rahbari O’zbekiston xalq artisti,
professor
Sh.Yormatovdir. U insonning bolalar xor musiqasiga qo’shgan xissalari haqida juda ko’plab
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tadbiq qilinib kelinmoqda. Hozirgi kunda
ansamblining o’zida yosh va ijrochilar tarkibiga ko’ra 8 ta guruh faoliyat olib borilmoqda.
Ularning dasturida ko‘p ovozli jo‘rsiz xor asarlari mavjud. Bunday xor jamoalari kelgusida
professional xor jamoalarini rivojlanishiga olib keladi.
Aralash xorlar Respublikamizni har bir san’at institutlari, akademik-litseylar va
kollejlarida mavjud. Hozirgi davrda Respublikamizda yuzlab ashula va raqs ansambllari, folklor
ansambllari mavjud. Xor jamoalari ayollar va erkaklar vokal ansambllari tuzish va keyinchalik
uch-to‘rt ovozlik xor vokal gruppalarni tashkil qilish mumkin. Kelgusida bunday xor jamoalari
mahalliy xalq orasida rivojlanishi mumkin. “Anor” xalq ansambli Farg‘onaning Quva viloyatida,
Namangan viloyati Chust tumani “Gulruh”, “Chust taronalari”, “Rohat”, “Shalola” xalq xorlari
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: