Toshkent 2020 yil


Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yo‗llari bilan



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yo‗llari bilan 
tanishib chiqamiz: 
1
.
Foydali qazilmalarning yangi konlarini izlab topish
. Masalan, okean 
tubida juda boy konlar mavjud bo‗lib, kelajakda ulardan samarali foydalanish 
usullarini ishlab chiqish zarur. 
2.
Ikkilamchi xom ashyodan foydalanishni tashkil qilish
. Mavjud
texnologik jarayonlarni takomillashtirish asosiy rolь o‗ynaydi. Masalan, hozir 
rivojlangan ko‗pgina mamlakatlarda 30-40% mis ikkilamchi xom ashyoni qayta 
ishlash hisobiga ajratib olinmoqda. Yana biometallurgiyani rivojlantirish
hisobiga qoldiq tog‘ jinslari tarkibidan arzon yo‗l bian bir qancha metallarni 
ajratib olish mumkin. Ushbu usul tarkibida turli bakteriyalar uchun zarur bo‗lgan 
moddalari bor bo‗lgan suyuqlik bilan rudani yuvishga asoslangandir. Bakteriyalar 
minerallarni parchalab kerakli metallni eritmaga o‗tkazadi va u keyin ajratib 
olinadi. Bu usul bilan Cu, Zn, Ni, Mo, Al va hatto oltinni ham ajratib olish 
mumkin. 
3.
Metallarni plastmassalar bilan almashtirish hisobira ularni tejash

Masalan, 1 t plastmassa, 3 t bronza, qalay va boshqa rangli metallarni almashtiradi. 
 Energetik resurslar: 
Oxirgi yillarda insoniyat jamiyati energiyaga bo‗lgan 
ehtiyojlarini keskin ortib borishi tufayli energiya inqiroziga duch kelmoqda.
Energiya inqirozi kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri neft va gazdan
beayov foydalanilayotganligidir.
O‗tgan asrning boshida D.I.Mendeleev – ―neftni yoqish, pulni yoqish
demakdir‖ –deb ogohlantirgan edi. Neft-kimyo sanoatining eng asosiy xom 
ashyosidir va uning miqdori cheklangandir. Uzoq vaqt davomida Yaqin Sharq 
mamlakatlarida katta neft konlarini topilganligi arzon ishchi kuchining borligi 
tufayli undan arzon xom ashyo sifatida foydalanib kelindi. Energiyaning
arzonligi tufayli neftdan foydalanish sur‘ati juda keskin ortib bordi. Chorak asr 
davomida energiyaga bo‗lgan ehtiyoj 3 barobar ortdi. Xar o‗n yilda energiyadan 
foydalanish 2 barobar ortib bordi: 54,2 mln.t - neft; 67,4 mln.t.- kondentsat bor 
bo‗lib, uni ishga tushirsak chetdan keltirilayotgan neft miqdorini 3-4 barobar 
kamaytirish imkonini beradi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin