1-Modul. Umumiy ekologiya I Bob. Ekologiya fani, uning maqsadi va vazifalari I.1. Ekologiya fani,uning predmeti va vazifalari .
―Ekologiya‖ –
yunoncha so‗z bo‗lib,
―oykos‖–uy va
―logos‖–fan, ta‘limot degan ma‘nolarni
anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olim Ernest Gekkel
―Organizmlar morfologiyasining umumiy printsiplari‖ asarida izohlab bergan edi.
E.Gekkel ―umumiy ekologiya‖ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o‗zaro
aloqalarini va ta‘sirini o‗rganadigan fan-deb, ta‘riflagan edi.
Umumiy ekologiya–biologiya fanining bir bo‗lagi bo‗lsa-da, ammo botanika,
zoologiya nisbatan yangi fan bo‗lib, u XX-asrning boshlarida rivojlana boshladi.
E‘tirof etish kerakki, tabiat hodisalariga oid tushuncha va ta‘limotlar
takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishi, inson bilan tabiat o‗rtasidagi
bog‘liqlik IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Jayhoniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi alloma-bobokalonlarimiz asarlarida ham o‗z
ifodasini topgan.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularning o‗zi yashab turgan muhit bilan o‗zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‗rganadi. Ya‘ni tirik mavjudot va
uning ma‘lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq
etadi. Bu esa
ekologik tizimlar yoki
ekotizimlar deb ataladi.
I.1.1-jadval ―Ekologiya‖ fanining asosiy vazifalari 1
Hayot jarayoni qonuniyatini o‗rganish, shuningdek, insonning tabiiy
tizimlarga va biosferaga ko‗rsatayotgan ta‘sirini bir butun holda o‗rganish.
2
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab
chiqarish, inson faoliyati tufayli o‗zgargan tabiatdagi jarayonlar va
o‗zgarishlarni oldindan bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun
eng qulay muhitni saqlash.
3
Populyatsiyalar sonini boshqarish, ya‘ni kimyoviy moddalardan oqilona
foydalanish.
4
Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o‗rganish va ularga qat‘iy rioya
qilish.
5
Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish
yo‗llarini ko‗rsatish.