Yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etish. Ishlab chiqarish majmualarida
xosil bo‗lgan oqova suvlarni, faqat tozalash usullarini takomillashtirish yoki suvsiz
jarayonlarni joriy etish orqaligina yaxshi natijaga erishib bo‗lmaydi.
Ishlab chiqarishda suvdan ko'p marotaba (kaskadli) oqilona foydalanish, kam
suvli yoki suvsiz texnologik jarayonlardan foydalanish, texnik suv ta'minotining
mahalliy yopiq tizimlarini yaratish, ish joyidan tashqarida tozalangan oqava
suvlardan foydalanish, texnik va sovuq suv ta'minoti tizimlarida tozalash
inshootlari va boshqalar, mantiqiy xulosaga kelishning asosini tashkil qiladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yopiq suv
tizimlarini yaratish juda qiyin vazifa. Oqava suvlarning murakkab fizik-kimyoviy
tarkibi, tarkibidagi birikmalarning xilma-xilligi va ularning bir-biri bilan o'zaro
ta'siri, milliy iqtisodiyotning turli sohalarida foydalanishga yaroqli drenajsiz
zanjirlarning universal tuzilishini tanlash imkonini yo‗qotadi. Korxonalarda
bunday tizimlarni yaratish- texnologiya, texnik jihozlarning xususiyatlari,
ishlatiladigan mahsulotlar va suv sifatiga bo'lgan talablarga va omillarga bog'liq.
Bu jarayon, ba‘zi rivojlangan mamlakatlarda allaqachon joriy qilingan yoki joriy
etilmoqda.
Yopiq suv aylanma tizimlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan
masala, barcha texnologik jarayonlarda ishlatiladigan suv sifatiga ilmiy asoslangan
talablarni ishlab chiqishdir. O‗zingizga ma‘lumki, texnologik jarayonlarning
aksariyati ichimlik suvidan foydalanishni talab qilmaydi. Shuning uchun, asosan
quyidagi omillar bilan belgilanadigan suv sifatining asosiy ko'rsatkichlarining
maksimal mumkin bo'lgan chegaralarini baholash kerak:
- ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yomonlashmasligi kerak; - uskunalarning muammosiz ishlashini ta'minlash kerak; - suvning toksikologik yoki epidemiologik xususiyatlarining o'zgarishi sababli xodimlarning sog'lig'iga ta'sir etmasligi shart.