Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
25
Suv ko‗zining topilishi munosabati bilan tantanali marosim o‗tkazildi. Unga
qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‗ynoqliklar hamda Orolning qurigan tubida
mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashdi.
Ushbu chuchuk suv Janubiy Orololdi artezian basseynining Bor davri
yotqiziqlaridan, ya‘ni 260-280 metr chuqurlikdan topildi. Suv sarfi sekundiga 7
litrni tashkil qilayotgan bu suvning minerallashuvi 3 g, qattiqligi 6 mg
ekvivalentga teng. —Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari Chimboy,
Taxtako‗pir, Qorao‗zak tumanlari hududlarini qamrab oladi. Foydalanishga yaroqli
bunday suv ko‗zlari
ushbu tumanlarda ham topilgan, — deydi Orolbo‗yi dala
gidrogeologik ekspeditsiyasi boshlig‘i Shavkat Olimov. — Janubiy Orololdi
artezian basseyni yer osti suvlarini maxsus uskunalar yordamida chuchuklashtirib,
ichimlik suvi sifatida foydalansa ham bo‗ladi. Hozirgi kunda Chimboy, Qorao‗zak,
Taxtako‗pir tumanlarida shunday uskunalar yordamida aholi suvni iste‘mol qilib
kelmoqda. 4-5 ta yarusdan tashkil topgan Bor davri
yotqiziqlarining pastki
qatlamlaridagi janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari termal va
minerallashgan bo‗lib, shifobaxsh xususiyat kasb etadi. Bu kabi 47-50
0
issiqlikdagi
suvlar Qozoqdaryo, Qorao‗zak, Chimboy hududlarida mavjud. —Chuchuk suv
ko‗zlarining ochilishi Mo‗ynoqda chorvachilik sohasini
rivojlantirishga asos
bo‗ladi, — deydi Mo‗ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. — Shuningdek,
ekologik vaziyat yaxshilanadi. Qushlar, yovvoyi hayvonlar keladi. Biohilmahillik
rivojlanadi. Orolbo‗yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi
tomonidan joriy yilda
Mo‗ynoq tumanida, ya‘ni Vozrojdenie oroli, Surgil, Axantay hududlarida shu kabi
40 ta suv ko‗zlarini ochish rejalashtirilgan. Bu birinchisi bo‗lib, suv ko‗zlarining
ochilishi
Qoraqalpog‘istonning
shimoliy
tumanlarida
chorvachilikni
rivojlantirishga zamin yaratadi.
(Interfaol TT: grafik organayzerlardan biri
qo‗llanilsin
9
)).
Shuningdek, 2021-2023 yillarda Janubiy Orolning qurib qolgan qismini
geologik jihatdan o‗rganish ishlari olib borilishi ham alohida dastur sifatida qabul
qilingan.
O‗zA xabari
10
.
Dostları ilə paylaş: