millashtirish sohasida:
sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada isloh
qilish, xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi
umummilliy professional ta’lim tizimini (tayyorlash, qayta
tayyorlash, malaka oshirishni) joriy etish;
turizm sohasidagi ta’limga zamonaviy innovatsion
ta’lim standartlarini joriy etish, yuqori malakali xorijiy
mutaxassislarni jalb qilish;
O‘zbekistonda turizm sohasida mutaxassislar tay
yorlovchi yetakchi xalqaro oliy ta’lim muassasalari filiallarini
ochish.
63
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
VIII. MILLIY AXBOROT MAKONINI
RIVOJLANTIRISH SOHASIDAGI
USTUVOR YO‘NALISHLAR
“INTERNET JAHON AXBOROT
TARMOG‘IDA MILLIY KONTENTNI
RIVOJLANTIRISH – MILLIY AXBOROT
MAKONI TALABI”
P
artiya milliy axborot makoni va axborot infratuzil
masini rivojlantirmay turib, so‘z erkinligi va axborot
ochiqligini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
Partiya milliy axborotkommunikatsiya sohasini
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni o‘z faoliyatining
davomiy va ustuvor vazifasi deb biladi. Bunday strategiya
globallashuv jarayonida xalqimiz madaniyatining asoslari
daxlsiz saqlanib qolinishini, uning yanada rivojlanishi,
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari samaradorligi
oshirilishini ta’minlashi lozim.
Mamlakat ravnaqi shaxsning mutlaqo mustaqil fikr-
lashi, erkinligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir.
Demokratik jamiyatning eng asosiy ko‘rsatkichi hisob
langan fikr va so‘z erkinligini ta’minlash, Konstitutsiya
va qonunlarda belgilangan so‘z erkinligi, shuningdek,
tanqid va qarama-qarshi fikrlarga toqatli bo‘lish hamda
oppozitsiyaga tazyiq o‘tkazmaslik g‘oyalarini jamiyat
hayotiga singdirish tarafdorimiz.
Ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligini ta’min
lash, ularni xalq bilan muloqot uchun erkin minbarga
aylantirishni qo‘llabquvvatlaymiz. OAVga oid qonunchilik
|