‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


insonning orzu - umidlarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   295
Falsafa (1)

insonning orzu - umidlarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan
qismat, taqdir bilan bog‘lab tushunishdir.
Mifologik dunyoqarashda barcha hodisa va voqealarning sababi 
afsonaviy kuchlar hisoblansa, diniy dunyoqarashda ularning 
o ‘rnini turli dinlarga xos bo‘lgan Xudolar va ilohiy qudratlar oladi. 
Diniy dunyoqarash insonning o'zini va olam mohiyatini bilishidagi 
o ‘ziga xos bir yo‘l, bir bosqichdir.
Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini: diniy tuyg‘u, diniy 
aqidalarga ishonish, sig'inish, diniy e ’tiqod va shu kabilar tashkil 
qiladi.
Diniy dunyoqarashning boshlang‘ich unsuri — diniy tuyg‘udir. 
Diniy tuyg‘u — kishilaming tabarruk va aziz, deb tasawur
qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar,
shaxslar, joylarga, bir-birlariga, o ‘z-o ‘ziga, shuningdek, ilohiy
mazmunda talqin etilgan tabiat va jam iyat hodisalariga
munosabatlarida paydo bo‘ladigan hissiyotdir. 
Diniy tuyg'u tug‘ma 
b o ‘lmaydi, u kishi yoki kishilar yashaydigan ijtimoiy va ruhiy 
shart-sharoitlar asosida vujudga keladi. Diniy tuyg'u kishidagi his- 
hayajon, kechinm a, ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘ladi. Kishilaming 
turli hissiyotlari: qo‘rqish, dahshatga tushish, shodligi, zavqlanishi, 
umidi va umidsizligi, muvaffaqiyat va m ag‘lubiyat kabi holatlar 
ularning diniy tasaw urlari va tushunchalari, diniy g‘oyalari va 
qarashlari bilan qo‘shilib, m a’lum m a’no va mazmun kasb etgandan 
keyingina diniy tuyg‘uga aylanadi.
Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi, bu — diniy aqida- 
lardir. 
Diniy aqidalar o ‘z mazmuni bilan dunyo va undagi voqea-
hodisalarni ilohiy e ’tiqod asosida tushunish bilan bog‘langan
tasaw urlar va tushunchalardir. 
U lar O llohning yagonaligi
farishtalarning m avjudligi, diniy kitoblarning m uqaddasligi, 
Payg‘ambarlarga ishonish lozimligi, oxiratning borligi, taqdirning 
ilohiyligi, o'lgandan keyin qayta (qiyomat kuni) tirilish m um - 
kinligidir.
D iniy dunyoqarashning navbatdagi elem enti, bu — biron 
buyumga, narsaga, hayvon yoki daraxtga, kishiga yoki, nihoyat, 
Xudoga sig'inishdir. Sig‘inish sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. 
Sig‘inishning sodda ko'rinishi — kishilaming kundalik hayotida 
ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig‘inish diniy tasaw urlar 
va g'oyalarni ifoda etuvchi, ilohiy kuchlarga, ilohiy mavjudotlarga


qaratilgan, yakka yoki jam oa bo ‘lib bajariladigan ramziy xatti- 
harakatdir. Masalan: ta ’zim qilish, tiz cho'kish, sajda qilish, bosh 
egish, q o ‘l qovushtirish, cho‘qinish, toat-ibodat qilishlar sig‘i- 
nishning sodda ko‘rinishlaridir. N am oz o ‘qish, Q ur’on tilovati, 
qurbonlik va xudoyi qilish, diniy bayram larni nishonlash — 
sig‘inishning murakkab shakllaridir. Sig‘inish bilan kishida ilohiy 
kuchlarga e ’tiqodning ruhiy ehtiyoji qondiriladi.
Diniy dunyoqarashda Xudodan qo ‘rqish, uning g ‘azabidan, 
jazosidan saqlanish muhim o ‘rin tutadi. Xudodan qo ‘rqish — diniy 
aqidalarni, diniy prinsiplar va qarashlarni buzganligi uchun Tanho 
va H aq Taolo — Y aratuvchi — X udoning gunohkor insonni 
jazolashiga ishonish bilan bog‘liq his-tuyg‘udir. Diniy ta ’limotlarda 
aytilishicha, diniy aqidalarga, tamoyillarga zarracha bo ‘lsa-da, xilof 
ish qilish, Xudoga shak keltirish insonga oxiratda d o ‘zax azobini 
beradi. Bu ham dunyoviy muammolarga o ‘ziga xos yondashishning 
bir usulidir. Xullas, diniy dunyoqarash o ‘zining inson hayoti bilan 
cham barchas bog‘liqligi, insonning h is-tu y g ‘u, quvonch va 
tashvishlariga, ishonch va umidlariga bevosita aloqadorligi, e'tiqodga 
ustun darajada e ’tibom i qaratish bilan dunyoqarashning boshqa 
tiplaridan ajralib turadi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin