Ijtim oiy bilish
— insonning ijtimoiy borliqni m a’lum maqsad
asosida o ‘zlashtirishidir. U, tabiatni bilishdan farqli o ‘laroq, faqat
jamiyatdagi moddiy, ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlarni ham da
ularning qonunlarini bilishdan iborat b o ‘lm asdan, m a ’naviy,
mafkuraviy va munosabat qonuniyatlarini bilishni ham o ‘z ichiga
oladi.Ijtim oiy bilish, shu bilan birga, insonning o ‘zini ham ,
uning tabiati va jamiyatdagi o ‘rnini, taqdiri, hayotining m a’nosi
va m azm unini bilishdan ham iboratdir.
Ijtimoiy bilishning har bir yangi bosqichi oldingi avlodlarning
amaliy tajribalari va nazariy bilimlariga tayangan holda yuzaga keladi.
Ijtimoiy bilishni yuzaga keltiradigan asosiy om illardan biri —
ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlardir. H ar qanday ijtimoiy bilish
jamiyat ijtimoiy ehtiyojlari bilan, kishilarning moddiy va m a’naviy
manfaatlari bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga keladi.
275
VIII B O ‘L IM
M U ST A Q IL L IK N IN G IJTIM O IY-
FALSAFIY M U A M M O L A R I
l - § . Mustaqillik—jamiyat taraqqiyotining muhim omili
„Milliy mustaqillik“ va „davlat mustaqilligi“ tushunchalari bir-
biri bilan uzviy bog‘liq. Lekin, „davlat mustaqilligi“ tushunchasi
mazmun va mohiyati jihatidan kengroqdir. Biz bu o‘rinda muammoning
milliy mustaqillik bilan bog‘liq tomonlarini qarab chiqamiz.
Mustaqil davlat o ‘z taqdirini o ‘zi belgilash huquqiga ega. U
boshqa davlatlar huquqlarini, xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
m a n fa a tla r n u q tay i n a z a rid a n qab u l q ilin g an m e ’y o rla rn i
buzmagan holda ish ko ‘radi.
M ustaqil m illiy d av latlar o ‘rtasidagi m u n o sab atlar teng
huquqlilik, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, boshqa
davlatlarga hujum qilmaslik, ularning hududiy daxlsizligini hurmat
qilish, siyosiy, iqtisodiy va milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik
bilan bog'liqdir. M ustaqillikning asosiy mezonlari mavjud bo'lib,
ular har bir davlat o ‘z konstitutsiyasiga ega bo'lishi, hududiy
barqarorligini, daxlsizligini, hududiy-m a’muriy tizimini belgilay
olishi, fuqarolarni qabul qilish huquqiga ega bo'lishi, o ‘z taraqqiyot
yo‘lini tanlay olishi, hokimiyat va boshqarish organlarini belgilashi,
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari mavjudligi, davlat tili
va o ‘z harbiy tuzilmalariga egaligi, milliy xavfsizligining tashkil
bo‘lganligi, xorijiy davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o ‘matishi,
o ‘z budjetiga egaligi, gerbi, bayrog‘i, madhiyasi, poytaxti borligi,
mustaqil qonunlar va farmon chiqara olishi va shu kabilar bilan
belgilanadi.M ustaqil davlat xalq, mamlakat barqaror rivojlanishi,
o ‘z imkoniyatlaridan to ‘la foydalanishining asosiy omilidir.
Milliy mustaqillikka erishish har qanday davrlarda ham og‘ir,
ziddiyatli sharoitlarda amalga oshgan. Bu murakkab vaziyatlarda
mustaqillikka erishgan davlat mustamlakachilik davridan qolgan
og'ir merosni tezda bartaraf etishi, ulkan istiqbol rejalarini o ‘z
oldiga qo'yishi, om m ani asta-sekin tarbiyalab, ijtimoiy, siyosiy
faolligi va milliy ongini oshirib borishi, yangi ulkan rejalarni
bajarishga safarbar etishi kerak. Milliy mustaqillik ulkan siyosiy,
iqtisodiy, m a’naviy o ‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy
shartlaridan biri b o ‘lgan milliy uyg‘onishni ham o ‘z ichiga oladi.
276
|