25
- bug‘ bosimi (1080
0
C da) 0,113 Pa;
Dunyo miqyosida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida misning ishlatilishi foiz
hisobida taxminan quyidagichadir (%):
elektrotexnika va elektronika mahsuloti sifatida 45–55
mashinasozlik va transportda
15–30
qurilish sanoatida
5–10
kimyo sanoatida
2–10
boshqa turli tarmoqlarda
10 gacha
Sanoat tarmoqlari orasidagi ushbu bo‘linish shartli bo‘lib, misning qaysi
tarmoqda qancha ishlatilishi
aniq hisoblanmagan, chunki ular orasida deyarli
chegara yo‘q bo‘lib, bir sanoat tarkibida ishlatilgan misli ehtiyoj uskunasi ikkinchi
sanoat tarmog‘ida asosiy qurilma sifatida yoki oddiy elektr o‘tkazuvchi sim o‘rnida
ishlatiladi. Misli uskunaning keng ishlatilishiga asosiy sabab, albatta,
uning oson
eruvchanligi va ishlov berishga moyilligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan u elektr tokini
yaxshi o‘tkazadi. Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha mis kumushdan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi.
Mis mahsulotlaridan keng ishlatiladigani mexanik qayta ishlov berilgan
prokat (asosan sim holida) va latundir.
Yer sharini, uning qobig‘ini, unda joylashgan
kimyoviy elementlarni
qadimdan olimlarimiz ko‘p marta o‘rgangan.Yer yuzining ostki, ustki qismida,
havoda, hatto suv osti va koinotda joylashgan barcha zarracha-yu jism, tog‘ jinslari,
jonzot tanalari-yu o‘simliklar dunyosi, barcha-barchasi
kimyoviy elementlardan
iborat ekanligi, ularning goh qattiq, suyuq,
gohida gazsimon holatda, bir-biridan
shartli ravishda ajralib turishi odamzotga azaldan ma’lum.Yer ostiga uning yadrosi
tomon chuqur qazilib, namunalar olinmagan va juda ko‘p elementlar aniqlanmagan,
biroq o‘tkazilgan uzoq yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki,
yer sharining asosiy
26
massasi og‘ir metallar hamda kremniy, aluminiy, magniy,
temir va boshqa
elementlardan iborat.
Shu kunga qadar bo‘lgan fikr va kitoblardan xulosa qiladigan bo‘lsak, yer
sharining bir-biriga o‘xshamas modda va elementlari aralashmasi quyidagi
qismlardan iborat: metalli, sulfidli, oksidli. Sibirlik ulug‘
olim akademik
V.A.Obruchev ma’lumotiga ko‘ra, yer har xil tarkibli kimyoviy elementlardan va
ularning solishtirma og‘irligi taxminan quyidagilardan tarkib topgan (1.1-rasm).
Shuningdek,1.2-rasmda yer qobig‘idagi kimyoviy elementlarning tarkibi foiz
hisobida ko‘rsatilgan.
300>
Dostları ilə paylaş: