iqtisodiyoti
–
bozor xo‘jaligi sub’ektlari iqtisodiy
xatti-
harakatlarining erkin
, mustaqil
ravishda yuz berishi va
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-
biriga bog‘lanib
muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida
bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari
–
ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’
mol
jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning
barcha
sub’ektlarini qamrab oladi.
SHuni ham e’tiborda
tutish kerakki
, hozirgi sharoitda
o‘rtacha rivo
jlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan
ortiq
turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10 qismi
yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz
tovar turlari va hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga
solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Bu esa bozorning
vazifasini hech qanday markazlashtirilgan
rejalashtirish
idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol
dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va
muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy
tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham,
o‘z
mehnatini
sotuvchi
ishchilar
ham
,
pirovard
iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar
egalari ham kiradi. Odatda, bo
zor xo‘jaligining barcha
asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari,
korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo‘jaliklari –
iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat
ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doi
rasida
moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida
yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab
chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi.
Iqtisodiy resurslarni sotishdan
olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori
–
bu iqtisodiyotning daromad (foyda)
olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish
yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni
ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan
daromad ishlab chiqarish faoliyatini
kengaytirish uchun
sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va
xizmatlarni etkazib beradi.Davlat sektori
–
o‘z oldiga foyda
olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqt
isodiyotni
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet
tashkilotlari va muassasalarining majmui.SHuningdek,
ba’zi
darslik
va
o‘quv
qo‘llanmalarda
bozor
iqtisodiyotining
yana bir alohida
, mustaqil sub’ekti sifatida
banklar
ajratib
ko‘rsatiladi.
1
Bank
–
iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur
bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya
-
kredit muassasasi.SHunday qilib, yuqorida keltir
ib o‘tilgan
bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro ta’siri va aloqasini
quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.