Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz


 Tuproq, Geologiya va yer osti suvlari



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix03.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#171876
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)

4.5. Tuproq, Geologiya va yer osti suvlari
Loyiha hududida oltita (6) joylarda va bitta (1) loyiha maydonchasidan tashqaridagi nazorat 
joyida yuqori tuproq qatlami namunalari sertifikatlangan laboratoriya tomonidan belgilangan 
tartibda to'plandi. Tuproq sifatini baholash natijalari Gollandiyaning tuproq sifati standartlari 
bilan taqqoslangan va olingan kontsentratsiyalar noorganik va og'ir metallar parametrlari 
ushbu standartlardan oshmaganligini ko'rsatadi. 
Shuningdek, yer osti suvlari namunalari Loyiha hududida joylashgan ikkita joydan quduqdan
olingan. Ikkala quduqdagi sulfatlar, shuningdek, 2-quduqqdagi kadmiy va qo'rg'oshin O’z DSt 
950: 2011 standartida keltirilgan talablaridan yuqori edi. Gollandiya yer osti suvlari aralashuvi 
qiymatlari bilan taqqoslaganda, barcha og'ir metallar belgilangan chegaralardan past edi. 
Qurilish ishlari, ta'sirni yumshatish choralari boshlanishidan oldin, tuproq va yer osti suvlarining 
sifatiga ta'sir qilish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda, ta'sir izolyatsiya qilingan hududlar bilan 
chegaralanadi va tuproqning keng ifloslanishini oldini olish uchun cheklangan choralar 
mavjud. Bunday potentsial ta'sir xavfli suyuqlik va materiallarning to'kilishi va oqishi, chiqindilar 
va chiqindi suvlarni noto'g'ri boshqarish, shuningdek, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv 
rejasi (QEIBR) orqali boshqariladigan obyektga ifloslangan agregatlarni import qilish bilan 
bog'liq har qanday ta'sirlardan kelib chiqishi mumkin. 
Ishga tushirish bosqichida tuproq va yer osti suvlari uchun potentsial xavflar materiallar va 
chiqindilarni saqlash joylarini samarali loyihalashtirish va xavfli materiallarni va chiqindilarni 
boshqarish rejasini amalga oshirish kabi samarali jarayonlarni amalga oshirish orqali 
boshqariladi va yumshatiladi, bunday ta'sirlar qurilish, ishga tushirish va ishlash jarayonlari uchun 
odatiy bo'lib, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (QEIBR), Ishga tushirishning 
ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (ITEIBR) va Ishlashning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi 
(IEIBR)ni samarali qo'llash orqali osongina boshqarilishi mumkin. Bundan tashqari, Favqulodda 
vaziyatlarni boshqarish rejasi (FVBR) va Suyuq chiqindilarni to'kilishini oldini olish rejasi ishlab 
chiqiladi. Bunda har qanday xavfli moddalarning to'kilishi oqibatida zarar ko'rgan hudud 
sezilarli darajada kechiktirmasdan xavfsiz holatga keltirilishi va samarali tiklanishi mumkin. 


 
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 
1-Jild – Notexnik Hisobot 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin