1.2 Umumiy ma'lumot va asos SIRDARYODA MAVJUD ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI Loyiha hududi atrofida 1972-1981 yillarda ishga tushirilgan 10 ta energoblokga ( umumiy
quvvati 3065 MW) ega tabiiy gaz va yoqilg'I moyi (mazut)da ishlaydigan Sirdaryo Issiqlik
Elektr Stansiyasiga (IES) yaqin joylashgan.
Energetika Vazirligining 2020-yil 5-iyundagi rasmiy xabariga ko'ra, mavjud Sirdaryo IESning
4 ta energiya bloki 2023-dan 2024-yilgacha bo'lgan davrda ekspluatatsiyadan
chiqariladi. Shunday qilib, jami 1830 MVt quvvatga ega bo’lgan qolgan 6 ta yangilangan
energiya bloklari tabiiy gaz bilan ekspluatatsiya holatida qolishi taxmin qilinmoqda.
Obyektiv baholashni ta’minlash maqsadida ushbu 6 ta zamonaviy bloklar ham ACWA
gaz trubinali IES bilan bir vaqtda faoliyatini davom ettirishi taklif etildi.
Milliy Atrof muhitga ta’sirini baholash (ATB) ATB avvalroq O'zbekenergo nomidan issiqlik energiyasi loyihalari uchun barcha texnik
ekspertizani (shu jumladan, ekologik ta'sirni baholashni) olib borgan "TEP" mahalliy
loyihalash tashkiloti tomonidan tayyorlangan. Dastlabki ekologik ta'sirni baholash
davomida 2300 MVt quvvatga ega (4 ta energiya bloklaridan iborat) bug'-gaz
qurilmalarini jamoaviy ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ko'rib chiqilgan.
Ta'kidlanishicha, xuddi shu 4 ta bug'-gaz qurilmalari, garchi umumiy ishlab chiqarish
quvvati 3000 MVtgacha bo'lishi mumkinligi ehtimol qilingan bo’lsada, ACWA Power bug'-
gaz qurilmalari va XMK tenderi asosida bug'-gaz qurilmalariga ajratilgan.
ATB ga qo'shimcha ravishda, 2020-yil 23-iyun kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish Davlat Qo'mitasiga 2020-yil 22-iyulda ko'rib chiqilgan va ma'qullangan "Juru Energy"
(Toshkent) 5 Capitals’ konsultantlari tomonidan ATB loyihasining maxsus bosqichi
yuborildi. Bu loyiha qurilishini davom ettirishga imkon beradi. Loyihaning III bosqichini
ishga tushirilishidan oldin "atrof-muhit uchun oqibatlari haqida bayonot" taqdim etish va
tasdiqlash talab qilinadi.