Auditorlik
firmasi mijozi “Raduga” kompaniyasi quyidagi
keltirilgan muammoni
hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta
ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi:
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar bo‘yicha
bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funksiyalarini xodimlar
o‘rtasida
shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil
etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.
Masala. Ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida
shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida ishlab
chiqarish stanoklariga kumulyativ usulda quyidagicha eskirish hisoblanganligi tekshirildi.
Ishlab
chiqarish stanoklarining dastlabki qiymati 125000000 so‘m, foydalanish muddati 5 yil;
1-yil 8800000 so‘m.
2-yil 5600000 so‘m.
3-yil 4500000 so‘m.
4-yil 3800000 so‘m.
5-yil 4600000 so‘m.
Talab qilinadi: Ichki auditor sifatida korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar
to‘g‘ri hisobga
olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo‘yicha auditorlik dalolatnomasini
tuzing.
Masala. Xodimlar bo‘limining boshlig‘i ichki auditor vakanti mavjudligini
va unga xodim jalb
qilish lozim. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun internetda e’lon berishi lozim.
Talab qilinadi:
1.
Talabgor korxonaga taqdim qiladigan hujjatlar ro‘yxatini tuzing.
2.
Talabgorga beriladigan 10 ta savol tuzing.
3.
Talabgorga uning malaka va professionalligidan tashqari kamida 3 ta talab keltiring.