509
Tayyorlov va boshqa davrlarda sakrashlar va uloqtirishlarda
trenirovka qilishning asosiy vazifasi texnikani yanada takomillashtirish
va zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Shuning uchun davrlar o‘tishi bilan
sakrash va uloqtirishdan
trenirovka qilishning tarkibi oz o‘zgaradi. Ammo kuzgi-qishki
bosqichda, bahorgi bosqich va musobaqalashuv davriga nisbatan
maxsus mashqlarga ko‘proq vaqt ajratiladi.
Yugurish trenirovkasining tarkibi bosqichdan bosqichga,-yildan-
yilga ancha o‘zgaradi. Tayyorlov davrining kuzgi-qishki bosqichida,
ko‘pkurashchining
yugurish tayyorgarligida, kichik shiddatli katta
hajmda kross, o‘zgaruvchan va takror (200-300 m dan) yugurishlar
hamda pastki startdan 20-30 m ga (15-20 start) yugurishlar asosiy
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Trenirovkaning bahorgi bosqichida 200-
300 metrli takror va o‘zgaruvchan yugurishlar soni kamayadi,
yugurib
o‘tish tezligi esa oshadi. Pastki startdan yugurishning ham soni
kamayib, masofasi uzayadi.
Yugurishdan juda ham ko‘p trenirovka qilish o‘nkurashchining
kuchini pasaytiradi, yugurishsiz esa uning tayyorgarligini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Shu sababli-yil bo‘yi
kuchni rivojlantirish uchun
mashq bajarishni unutmaslik kerak.
Ko‘pkurashchining irodaviy fazilatlari kunda tarbiyalanadi.
Shug‘ullanish joyiga va sportchining tayyorgarligiga qarab
trenirovkani har xil tuzish mumkin, ammo asosiy metodik ko‘rsat-
malarga rioya qilib qo‘yilgan vazifa bajarilishi kerak. Quyida 5
mashg‘ulotdan iborat bo‘lgan haftalik trenirovka davri ko‘rsatilgan.
1-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi;
2-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi;
3-kun – dam olish;
4-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi;
5-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi;
6-kun – orqada qolgan turlardan og‘irliklar bilan mashq
qilish va
kross;
7-kun – dam olish.
Charchab qolmaslik uchun birinchi haftada mashg‘ulot bir kunda
bir marta o‘tkaziladi. Keyinchalik bir kunda ikki mashg‘ulotga o‘tib,
bir kunda bir mashg‘ulot bilan almashtirib turish kerak.
510
Agarda biron turdagi qoloqlikni yo‘qotilmoqchi yoki biror xato
tuzatilmoqchi bo‘lsa, uni razminkadan keyin qo‘yish kerak. Masalan,
uzunlikka sakrashni darhol razminkadan keyin qo‘yib, yugurish
sakrashdan keyin bajarilishi mumkin.
Musobaqada to‘rtinchi bo‘lib keladigan turlarda (balandlikka
sakrash yoki nayza uloqtirish), katta hajm bilan trenirovka qilishga
ehtiyoj tug‘ilsa, u paytda oldingi turlarda mashg‘ilotning hajmini va
jadalligini pasaytirish kerak.
Bahordagi trenirovka davri boshqacha bo‘lishi mumkin. Lekin
o‘nkurashchi bir kunda ikki marta mashg‘ulot o‘tkazishga
tayyor
bo‘lishi ayniqsa, muhim. Agar u bir kunda ikki marta mashg‘ulot
o‘tkazishga bardosh berolmasa, demak, musobaqada yaxshi natija
ko‘rsatolmaydi.
Tayyorlov davrida ko‘pkurashchi alohida turlardan musobaqalarga
qatnashishi kerak, lekin bunga alohida tayyorgarlik ko‘rish shart emas.
Dostları ilə paylaş: