588
sport sohasida ham-yil sayin ko‘paymoqda. Faqat
respublikamizda
mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10
dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga
nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va
boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari,
chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning
mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari
ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda
keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan
biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda
yengil atletika
bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha).
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda
yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin
hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi,
natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan
qarab
chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur
sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga
e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni
analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar
natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va
boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini
analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim.
Yengil atletikaning har bir turida asosiy mashg‘ulot choralari tasnifiga
muvofiq mashg‘ulotlar yuklamalari
dinamikasini musobaqalar
natijalari bilan taqqoslash, mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish
samarasini baholashga ijozat beradi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini
tahlilidan olingan natijalar grafigiga muvofiq
mikro yoki mezostikl
holatida berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: