Tayyorgarlik davri –
yengil atletikachining-yillik tayyorgarlik
davrida mashg‘ulotlar sikli bo‘lib, 3 – 4 ta bosqichdan (makrosikllar)
tashkil topadi va sporchida maxsus jismoniy sifatlar rivojlantirilishi va
uning sport formasiga kirishiga yo‘naltiriladi.
Psihologik tayyorgarlik –
yengil atletikachining sport tayyor-
garligining bitta jihati bo‘lib, sportchida ma’naviy – azloqiy – iroda
sifatlarining rivojlantirilishiga yo‘naltiriladi, shuningdek, uning
muvozanatlashgan holatda bo‘lishni o‘zlashtirishi, sport janglarini
sovuqqonlik bilan o‘tkazishi, o‘quv – mashg‘ulotlar va musobaqa
faoliyatida qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga qaratiladi.
To‘siq –
s tiplchez, to‘siqlar osha yugurish bellashuvlarida sport-
chilar tomonidan oshib o‘tish talab qilinuvchi moslama bo‘lib, uni
sakrab oshib o‘tish yoki eng yuqorigi to‘sini ustidan o‘tish talab
qilinadi. Uning ko‘rsatkichlari: balandligi erkaklar uchun – 91,4 sm va
ayollar uchun 76,2 sm, kengligi 3,94 metrni tashkil qiladi. To‘siqning
yuqorigi to‘sini kesimi maydoni 12,7 × 12,7 sm va og‘irligi qiymati
80 – 100 kg ni tashkil qiladi.
Sakrash – odamning vertikal yoki gorizontal holatdagi to‘siqni
oshib o‘tish usuli hisoblanadi.
Uzunlikka sakrash –
gorizontal holatdagi engli atletika sakrash
turi bo‘lib, sportchi tomonidan ma’lum bir masofadan yugurib kelib,
itarilib sakrashdan keyin ma’lum bir uzunlik masofasini zabt etishi
hisoblanadi.
Langarcho‘p bilan sakrash –
vertikal holatdagi yengil atletika
sport turi bo‘lib, maxsus moslama – tayoq (shest) yordamida ma’lum
bir balandlikka o‘rnatilgan plankani oshib o‘tish va maxsus porolondan
tayyorlangan gilamga tushishdan tashkil topadi.