O`zbek jangchilarining frontdagi faoliyati



Yüklə 5,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü5,82 Mb.
#172011
1   2   3
O’zbek jangchilarining frontdagi faoliyati

Ahmadjon Shukurov
110 nafar fashistni 
yo`q qilib, 15 tasini asir oldi. Bu jasorati uchun 
unga Qahramon unvoni berildi.

1999 yili 9 may kuni O'zbekiston poytaxtida 
Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 
may Xotira va qadrlash kuni deb 
nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil 
O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, 
o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, 
mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun 
kurashgan vatandoshlar xotirasiga 
bag`ishlangan.



Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz 
jangu jadalda kahramonlarcha halok bo`lganlar xotirasini 
aslo unutmaydi.

Insoniyat juda ko’plab urushlarni boshidan kechirgan
bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 million mi ortiq 
kishining yostig`ini quritgan, XX asr fojiasi bo’lmish ikkinchi 
jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr — 1945 yil 
sentyabr) davom etgan bu urush er sharining 80% aholisi 
joylashgan hududni, 61ta mamlakatni o’z ichiga qamrab 
oldi.

Ikkinchi jahon urushini Angliya, Franstiya va SSSR kabi yirik 
davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar xususan, paydo bo’lgan 
dastlabki damlaridanoq tashqi siyosat strategiyasi «jahon 
proletar inqilobi» mafkurasiga tayanib, butunjahon 
kommunist) imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati 
hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarining 
dunyoda hukmron bo’lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. 
Urushning asosiy aybdorlari jaxrnga xukmronlt qilish 
da’vosi bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin 
yurgizgan agressiv siyosat bo’ldi. 




Franstiya va Angliya siyosiy etakchilarining 
javobgarligi shundan iborat bo’ldiki, ular 
bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni 
tashkil qilish goyasi bilan Germaniyada 
gitlerchilar partiyasining mustah 
kamlashuviga yordam beribgina qolmasdan, 
Avstriyanish Germaniya tarkibiga qo’shib 
olinishiga (1938 y. mart) va Myunxen 
bitishuviga (1938 y. sentyabr) yo’l ochib ber 
dilar. Bu esa, Ikkinchi jahon urushining 
boshlanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi.

_30-yillar oxirlarida xalqaro keskinlikning va 
Ikkinchi jahon urushining boshlanishida Stalin 
boshliq sovet rahbarlari kapitalistlarni o’zaro 
urishtirib, ularning kuchi kamayishi bilan kizil 
armiya kuchlarining qaqshatqich
zarbasini berishga intilishlari va aynan shu 
maksadda 1939 yil 23 avgustda Germaniya 
bilan 10 yil muddatga o’zaro hujum qilmaslik 
to’g`risidagi shartnomasi ularning javob-
garliklarini tashkil qiladi. Sovet-german 
bitimining maxfiy qo’shimcha
bayonnomasiga ko’ra, Germaniya bilan SSSR 
ta’sir ko’rsatish doiralarini bo’lib olishgan
edi. 



Ular manfaatdor hududlari chegarasi Polshadan o’tgan 
bo’lib, G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belorussiya
hududagari xamda Boltiqbo’yi mamlakatlari SSSR
ta’sir doirasidagi hudud ekanligi Germaniya tomonidan tan 
olingan edi. Eng so’ngga tarixiy tadqiqotlar «avgust bitimi» 
mamlakat xavfsizligini mustahkamlab, sovet-german 
urushining boshlanishini orqaga surgan emas, balki 
ikkinchi jahon urushini va unga SSSRning tortilishini 
tezlashtirgan hujjat bo’lganligini ko’rsatadi. Chunki 
Germaniya davlatining ham, sovet davlatining ham 
strategik maqsadlarini aks ettirgan bu shartnomaga 
muvofiq Germaniya bilan SSSR Polshaga bir vaqgda qo’shin 
kiritishlari lozim bo’lgan. Shunga ko’ra 1939 yil 1
sentyabrda fashistlar Germaniyasi Polshaga bostirib kirdi. 3 
sentyabrda esa Angliya va Franstiya Germaniyaga urush 
e’lon qildilar va ikkinchi jahon urushi boshlandi. Natijada 
Germaniya ikki frontda urush holatida bo’lib krldi.
Gitler jahon jamoatchiligi ko’z o’ngida halokatli urush 
yong`inining asosiy aybdori bo’lib namoyon bo’ldi. Stalin 
esa aynan shuni kutgan edi.



1939 yil oxiri, 1940 yil boshlarida bo’lgan sovet-fin urushi 
natijasida Finlandiya Leninfad va Murmansk oralig`idagi o’z 
erlarini SSSRga berishga majbur bo’ldi. 1940 yil iyunda Estoniya, 
Latviya va Litva davlatlarini bosib olib, avgust oyida o’z tarkibiga
kiritdi. O’z hududlarini bunday kengaytirish siyosati 
Germaniya va SSSRni 1939 - I940 yillarda yanada
yaqinlashtirdi. G`arbiy Evropa fashistlar Germaniyasi Polsha, 
Norvegiya, Franimch Belgiya, Gollandiya, Daniya,
Lyuksemburg kabI davlatlar poytaxtlarini bosib olganda, sovetlar
xukumati nemis qo’mondonligini tabriklab borgan.



O’zaro urushlar natijasida kapitalistlarnpt zaiflashishini 
kutayotgan Stalin boshliq sovetlar hukumati bir zarba bilan 
Evropani sovetlashtiritm tayyorlanar, buni zimdan his qilgan 
Gitler hukumshi Stalindan xavfsirar, ularning har biri 
«hujum qilmaslik haqidagi bitim»ini o’zi uchun qulay 
bo’lgan paytda bekor qilishni oqilona ish, deb o’ylardilar 
Aynan shu narsa ikkita «do’st» davlat o’rtasidash muqarrar 
urushni tezlashtirdi.

1941 yil 22 iyun yakshanba kuni tongotarida avgust 
shartnomasini buzib, fashistlar Germaniyasi SSSR hujum 
boshladi. Germaniya bilan uning ittifoqchilari 

— Italiya, Finlandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham
Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirdilar. Bu urushga 
majburan tortilgan Sovet Ittifoqi xalqlari

— mustamlaka asoratida bo’lgan bircha respublikalar, shu 
jumladan, O’zbekiston xalklari uchun og`ir sinovlar vakti va 
ularning nemis fashist bosqinchilari: qarshi fidokorona 
kurashi boshlandi.

Yüklə 5,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin