SO ‘ZBOSHI
O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatilganidek, shaxsning har
tomonlama uyg‘un kamoloti va o‘z qobiliyati hamda malakalarini
ro'yobga
chiqarishning sharoitlarini, samarali mexanizmlarini yara-
tish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o‘zgartirish,
respublikada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifly islohotlarning
maqsadi va harakatlantiruvchi kuchdir. Bu hujjatlarda komil inson va
barkamol shaxs tayyorlash masalalariga alohida urg‘u berilgan.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda ularning ruhiy jarayonlarining
rivojlanishini, ayniqsa imkoniyati cheklangan alohida yordamga
muhtoj bo'lgan bolalarning ruhiy jarayonlari xususiyatlarini bi
lish defektolog mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega. Shunga
bog'liq ravishda biz tomondan tayyorlangan «Maxsus psixologiya»
o'quv qo'llanmasi Pedagogika universitetining bakalavr — defek
tolog ixtisosligi o'quv rejasi asosida tuzilgan bo'lib,
fan dasturi
maqsad va vazifalari mazmunidan kelib chiqqan. Qo'llanmada max
sus psixologiya nazariyasi va amaliyoti o'z aksini topgan. M azkur
qo'llanmada so'nggi yillardagi darsliklar va qo'llanmalarda keltiril-
gan qator nazariy materiallardan foydalanilgan.
O'quv qo'llanma to'rt bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'lim
oligofrenopsixologiya deb nomlangan. Bunda fanning umumiy
masalalari, oligofrenopsixologiya fanining predmeti, maqsadi, me-
todlari, fanning rivojlanish tarixi, Sharq mutafakkirlarining psi
xologik qarashlari berilgan. Aqli zaif o'quvchilarning o'ziga xos
xususiyatlari, shaxsi
va shaxslararo munosabatlari, bilish jarayon
larining rivojlanish xususiyatlari yoritib berilgan.
Ikkinchi bo'lim surdopsixologiya deb nomlanib, ushbu fanning
umumiy masalalari, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilish jara
yonlarining o'ziga xos xususiyatlari, nutq turlari va nutqining rivoj
lanish xususiyatlari, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning faoliyat
turlari, shuningdek, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar shaxsining
o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.
Uchinchi bo'lim logopsixologiya deb nomlangan. Bu bo'lim da
fanning nazariy
va metodologik asoslari, nutq kamchiliklarining
з
pedagogik-psixologik klassifikatsiyasi, nutqning rivojlanish qonuni-
yatlari, nutqida kamchiligi bo'lgan bolalarning bilish jarayonlari
xususiyatlari, shaxs va shaxslararo munosabatlari rivojlanishi va
faoliyat xususiyatlari ochib berilgan.
To'rtinchi bo'lim «Tiflopsixologiya» deb nomlangan. Ushbu fan
ning umumiy masalalari, ya’ni tiflopsixologiya
fanining tarixi, tif
lopsixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va metodlari,
ko‘r va zaif ko'ruvchi bolalarning ruhiy rivojlanish xususiyatlari,
bilish jarayonlari, faoliyat xususiyatlari kabi m a’lumotlar berilgan.
Ushbu bo'limda taklif etilayotgan, Rossiya hamda xorij olimlari —
tiflopsixologlari tadqiqotlari tahliliga asoslangan, materiallar ko'rish
nuqsoniga ega bolalarning boy
ichki olamini shakllantirish, ruhiy
rivojlanishini kashf qilish, rang-barang axborotlarga to'la hayotga
moslashtirish imkoniyatlarini ochib berish uchun zamin hozirlay-
di.
O'quv qo'llanm a defektologiya yo'nalishi talabalari,
malaka
oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga mo'ljallangan.
O'quv qo'llanma o'zbek tilida birinchi marta nashr qilinmoqda.
Mazkur qo'llanma yuzasidan maorif xodimlari va mutaxassislar o'z
flkr-mulohazalarini bildiradilar, degan umiddamiz. Bildirilgan fikr
mulohazalar kelajakda o'quv qo'llanmani takomillashtirishga yor
dam beradi, deb o'ylaymiz.