mehmondoʻst va qoʻrqmas, dovyurak, shijoatli kabi fazilatlari alohida taʼkidlanmoqda. 33. «Devon»dagi lirik qoʻshiqlarda qanday mavzula r yetakchilik qiladi? Javob: insonning qalb kechinmalari, nozik his- tuygʻulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri 34. «Devonu lugʻot at - turk»da turkiylarning doimiy yoʻldoshi hisoblangan hayvon qaysi? Javob: Ot 35. «Iqilachim erik boʻldi» («Shoʻx, oʻynoqi otim chopqir boʻldi») sheʼrida nima tasvirlanadi? Javob: tabiatdagi oʻzgarishlar (qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga taʼsiri taʼriflanayotganday boʻlsa - da, aslida, bu ham insonning oʻz kuzatishlari natijasidagi taʼsirlanishdir . 36. «Devoni lugʻot at turk»dagi qoʻshiqlar orasida qanday qoʻshiqlar mavjud? Javob: mehnat va marosim qoʻshiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar, mavsum qoʻshiqlari 37. Qaysi atama ilk marta Mahmud Koshgʻariy tomoni dan qayd etilgan? Javob: Qoʻshiq 38. Mahmud Koshgʻariy “qoʻshiq” atamasiga qanday izoh bergan? Javob: sheʼr, qasida 39. Qaysi janr oʻziga xos adabiy boʻlib, u asar qahramonlarining oʻzaro tortishuvi, bahsi asosida quriladi? Javob: Munozara 40. Munozara janridagi ishtirokchilar asosan qanday xususiyatga ega boʻladi?
Javob: ramziy (kinoyaviy ) 41. Munozara qanday tarzda yaratilishi mumkin? Javob: sheʼriy yoki nasriy tarzda 42. «Bang va Chogʻir» munozarasi muallifi kim?