22. Oytoʻldining fikricha nimalar jahon kezuvchi bir yerda turmaydi? Javob: Oqar suv, ravon til, baxt-davlat.
23. Oytoʻldi nimani ishonchsiz, bevafo, qoʻnimsiz, yurib ketayotib toʻsatdan uchadi, oyogʻi taygʻanchiq deya ataydi? Javob: Baxt-davlat 24. Asarda qaysi qahramon oʻzini goh paydo boʻlaman, goh mahv(yoʻq) boʻlaman deb taʼ riflagan? Javob: Oytoʻldi 25. Kuntugʻdi oyogʻi uchta boʻlgan kursiga oʻtirganining sababini qanday izohlaydi Javob: “Barcha uch oyoqli narsa siljimas boʻladi. Har uchalasi barobar, qimirlamaydigan boʻladi. Agar uchala poyadan bittasi siljisa, u kursi yiqi ladi. Barcha uch oyoqli narsa toʻgʻri va rost turadi. Agar toʻrt poyali boʻlsa biri egri boʻladi. Qaysi narsa toʻgʻri boʻlsa, uning butun borligʻi chiroyli boʻladi. Barcha chiroyli narsalarning qilmishlari rost boʻladi. Qaysi bir toʻgʻri narsa ogʻsa u turo lmaydi, yiqiladi. Qaysi bir toʻgʻri narsa rost boʻlsa yiqilmaydi, barqaror boʻladi. ” 26. Kuntugʻdi Oytoʻldiga qoʻlidagi xanjar pichoqni qanday izohlaydi Javob: “Ishlarni bichib tashlayman, daʼvo tuhmat qiluvchi kishi ishini choʻzib oʻtirmayman” 27. Kuntug ʻdi oʻng tomonidagi shakarni (sharbat) Oytoʻldiga qanday izohlaydi? Javob: “Daʼvo va tuhmat qiluvchi kishi dargohimdan haq -adolat topsa u kishi shakardek chuchuk boʻlib yaʼni shod boʻlib ketadi” 28. Kuntugʻdi aytishicha qaysi dorini zoʻravon - zolim va toʻgʻ rilikdan qochadigan kishilar ichadi deydi? Javob: Urogʻun (bir xil dori)ni