deb lutf qilgan? J: Husayn Boyqaro Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) 1. Bobur Hindistondagi Panipat maydonidagi jangdan soʻng qancha umr koʻradi? Javob: Uch yil-u sakkiz oy 2. «Qachonlardir jang -u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma'rifiy markazga aylandi» deya kim qaysi asarida yozgan? Javob: Sayid Sabohiddin A bdurahmon, " Moʻgʻiliy ahd" asarida 3. «Bobur turkiy sheʼriyatda Alisher Navoiydangina keyingi oʻrinda edi. U sof va nafosatli Turkiyada devon tartib etdi...» ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?
Javob: ingliz olimi Denison Ross 4. Bobur nazm yoʻlida qaysi asarni yozib, islomiy huquqshunoslikka doir ta'limotning muallimi boʻldi? Javob: «Mubayyin» 5. Bobur kimning qaysi asarini tarjima qilgan? Javob: Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya» 6. Uning bequsurlikda yagona hamda joʻn uslubda yozilgan qanday asari ham bor? Javob: «Vaqoeʼ» yoki «Tarixi turkiy» 7. Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzung hajrida sargʻordim, Koʻrub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Ushbu baytda qaysi she'riy san'atlar bor? Javob: Tashbeh, nido 8. Sen, ey gul, qòym ading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayoqingģa tushub, bargi xazondek muncha yolbordim. Ushbu baytda qaysi she'riy san'atlar bor? Javob: Nido, tashbeh 9. Latofat gulshanida gul kibi sen sabz- u xurram qol, Men archi dahr boģidin xazon yaproģidek bordim. Ushbu baytda qaysi she'riy san'atlar bor?