59
kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibi;
bitimlar tuzishda kripto-birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-
kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kripto-birja xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori va uni belgilash
tartibi;
kripto-birjalarda narxlar manipulyatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy
foydalanishning oldini olish choralari;
kripto-aktivlardan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanishni taqiqlash;
g) kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga
oshirish;
d) mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni,
shuningdek, ularning identifikatsiya ma’lumotlarini va mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlar bo‘yicha materiallarni, jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida
saqlash.
Kripto-birjalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, shu jumladan kripto-aktivlar
shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni savdolar ishtirokchilari (mijozlar)dan
undirish tartibini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan
kripto-aktivlarni milliy va xorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga,
shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlashga qaratilgan birja
bitimlarini tashkil etish huquqi berilgan.
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji
miqdori va uni to‘lash tartibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi;
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishdan tushadigan davlat
bojining barcha summasi litsenziyalovchi organning hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: