3.3. Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi
sohaning hozirgi holati va rivojlanish yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi 1-sohasining ayrim tarmoqlari yaxshi
rivojlangan. Jumladan, kimyo sanoati agrosanoat majmuasi 1-sohasining nisbatan kuchli
rivojlangan tarmog’i sanaladi. Respublika eksportida kimyo sanoatining ulushi 5-7 foizni
tashkil etmoqda.
Respublikamizda asosan azotli va fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarilar edi.
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun maxsus zavodlarning yo’qligi tufayli bu turdagi
o’g’itlarni asosan import qilinar edi. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining
Dehqonobod tumanida kaliyli o’g’it ishlab chiqarish zavodi tashkil etildi va yiliga 120 ming
tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Respublikada mamlakat agrosanoat majmuasining 1-sohasiga kiruvchi traktorsozlik,
paxta terish mashinalari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. O’zbekiston
Respublikasi paxta terish mashinalarini komples holda ishlab chiqaradigan ikki davlatning
biri hisoblanadi.
Respublikada qishloq xo’jaligi mashinasozligi mamlakat sanoatining asosiy
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 300 dan ortiq qishloq xo’jaligi mashinalar va
ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari bor. Ayniqsa, paxta
50
terish mashinalari va agregatlari ishlab chiqarish tizimi yaxshi rivojlangan. Paxta terish
mashinalari bilan bog’liq barcha mexanizmlar O’zbekistonda ishlab chiqariladi.
Mamlakatda ishchi mashinalar – pluglar, ekish agregatlari, chizellar, boronalar va ko’plab
turdagi ish qurollari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Albatta, ularning sifatini
yaxshilash talab qilinadi.
Respublikada don o’rish kambaynlari, maxsus avtomobillar kabi juda zarur vositalar
ishlab chiqarish tarmoqlari hali tashkil etilmagan. Ular respublikada ishlab chiqarish uchun
Germaniya davlati bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilmoqda.
Respublika agrosanoat majmuasining birinchi sohasini rivojlantirish juda murakkab
bo’lib, bu katta mablag’ va vaqtni talab qiladi.
Respublikada mavjud holatni chuqur o’rganib hamda agrosanoat majmuasi
tarmoqlarining talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar lizingi rivojlantirilmoqda. Lizing
yo’li bilan chetdan eng zarur asosiy vositalar keltirilmoqda. Masalaning bu tariqa hal etilishi
ham malakat iqtisodiyoti ayniqsa, qishloq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, respublikada agrosanoat majmuasi 1-sohasining rivojlanishi
talab darajasida yuqori emas. SHu sababli, bu sohani rivojlantirish mamlakat hukumati
iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
|