O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

10.3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari 
 
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llari 
quyidagilardan iborat: 
1). Qishloq xo’jaligi ekin turlarining hosildorligini, chorva mollarining mahsuldorligini
oshirish.
2). Asosiy fondlarning faol (aktiv) qismi bo’lgan texnika, asbob- uskunalardan 
foydalanishning smenalik koeffitsientlarini ko’tarish ulardan foydalanish samaradorligini 
oshirishning asosiy yo’llaridan biri hisoblanadi.
3). Asosiy fondlar tarkibini takomilashtirish ulardan foydalanishni iqtisodiy 
samaradorligini oshirishning juda muhim yo’llaridan biridir. Bugungi kunda ishlab 
chiqarishda mavjud kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) bilan ishchi mashinalar 
o’rtasidagi mo’’tadil (optimal) nisbatni ta’minlamaslik asosiy fondlardan foydalanish 
samaradorligini pasaytiradi.
4). Asosiy va oborot fondlar mutanosibligini ta’minlash ham ulardan foydalanish 
samaradorligini oshiradi.
5). Asosiy fondlardan foydalanishda jamoa a’zolarining moddiy manfaatdorligini 
ta’minlash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri 
hisoblanadi.
 
10.4. Aylanma mablag’lar va ulardan foydalanish 
 
Ishlab chiqarish jarayoni samarali olib borilishida asosiy fondlar bilan bir qatorda 
aylanma mablag’larning ahamiyati cheksizdir. Ular ishlab chiqarish jarayonining albatta 
bo’lishi lozim bo’lgan shartlaridan biridir. Aylanma fondlar bir ishlab chiqarish tsiklida 
(jarayonida) ishtirok etadi. O’zining qiymatini tayyor mahsulotga to’liqligicha bir ishlab 
chiqarish jarayonida o’tkazadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o’z fizik 
ko’rinishini qisman, aksariyat holda esa butunlay o’zgartiradi. Ana shunday talablarga javob 
bergan fondlar aylanma fondlar deb yuritiladi. Aylanma fondlarga xo’jalikning hisob 


78 
raqamlarida mavjud bo’lgan pullari, sotilgan, lekin hali puli kelib tushmagan mahsulot 
uchun mablag’larini qo’shib hisoblaganda, aylanma mablag’lar tushunchasi kelib chiqadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin