Bajardi: Esanova Adolat


MASning afzalliklaridan to’la- qonli foydalanish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#173271
1   2   3   4   5   6
106-guruh Esanova Adolat media

MASning afzalliklaridan to’la- qonli foydalanish
uchun
quyidagi
shart-sharoitlarni
ta’minlash
zarur:
1. Media va axborot savodxonligi yaxlit butunlik
sifatida
qabul
qilinishi
va
o’z
mazmunida
kompetensiya(bilimlar, ko’nikmalar va malakalar)lar
majmuini qamrab olishi;
2. MAS talaba-jurnalistlarni media va axborot kanallari
bilan
o’zaro
hamkorlik
qilishi
uchun
kasbiy
savodxonlikni
shakllantirishga
maqsadli
ravishda
yo’naltirishi;
3. Bo’lajak jurnalistlar axborotni izlash, saralash,
baholash va tarqatish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
4.Ayollar va erkaklar, shuningdek, aholining marginal
guruhlari, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar,
tub aholi yoki kam sonli millatlarning axborotga egalik
qilishi uchun bir xil imkoniyatlarni yaratish;
5.MAS jurnalistlar tomonidan halqlar va ularning
madaniyatini tushunish, madaniyatlararo muloqotni
ijtimoiy hayotning muhim vositasi sifatida qabul
qilinishi.


“Axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamental tushuncha:
axborot va
madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani
talqin qilishning “madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar
mavjud. Madaniyat yondashuvi doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan
jamiyatda insonning yashash faoliyati usuli sifatida, insoniyat madaniyati
shakllanishi jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Axborot yondashuvi
doirasida esa unga axborot talabini qondirishga qaratilgan barcha axborot
faoliyati bilimlari majmuasi sifatida qaraladi. Axborotlashgan jamiyat deganda –
barcha faoliyat sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida dunyoviy bilim
manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan samarali foydalanish, ixtiyoriy
(qogozdagi, matn yoki tasvir ko’rinishidagi) axborotni juda qisqa muddat ichida
qayta ishlash, jarayonlarni, voqealarni va hodisalarni modellashtirish imkonini
beruvchi kompyuterlar va boshqa axborot texnika va texnologiyalar kiritilgan
jamiyatni tushunamiz. Axborotlashgan jamiyatda inson axborotlarni qayta
ishlashda zamonaviy vositalar bilan ishlashga o’zini tayyorlashi kerak. Bu shuni
ko’rsatadiki inson informatsiyalarga murojaat etishda ma'lum darajadagi axborot
madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Axborot madaniyati – axborotlar bilan
maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, 
kompyuterli informatsion texnologiyani va zamonaviy texnik vositalarni va
usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega
bo’lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik resurslarni aniq xisobini qila
oladilar. Bu esa barcha tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tezlik
bilan xal etish imkonini beradi va respublikani ravnaq topishida muhim o’rin
egallaydi. 



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin