Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Qutblangan mikroskop MIN – 8 tuzilishi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.3.1. Qutblangan mikroskop MIN – 8 tuzilishi 
Mikroskop o‘tuvchi yorug‘likda shaffof preparatlarni tekshirish uchun 
mo‘ljallangan. Mikroskop (1.14 – rasm) 2 – tubus ushlagich qattiq mahkamlangan 
asosga ega. Asosning orqa devorida 4 vintlar bilan markazlashgan elektr lampali 3 
fonar o‘rnatilgan. 5 – mikroskopning 5 tubusi 2 tubus tutqich mahkamlanadi, uning 
quyi qismi 6 ob’yektiv mahkamlanadigan qisqichli mexanizm bilan salazkalarni 
mahkamlash uchun “qaldirg‘och” turidagi yo‘naltiruvchi bilan tugallanadi. 
Tubusning yuqori qismi sinish prizmasi; Bertran linzasi, iris diafragmasi va 8 
okulyardan iborat bo‘lgan 7 qiya uchlikni mahkamlash uchun maxsus uyaga ega. 
Dumaloq predmetli stol kronshteynda mahkamlangan va G bo‘linishi bahosi bilan 
360 ta bo‘linishga ega. 9 korpusda kondensator va qutblagich joylashgan. Korpusni 
10 vint yordamida optik o‘q bo‘ylab vertikal siljitish mumkin. Qutblagich tashqi 
yuzasida 360

li shkala o‘yib yozilgan 11 maxsus gardishga joylashtirilgan. 
Qutblagich ostida irisli apertura diafragmasi joylashtirilgan. Gardishdagi analizator 
“Qaldirg‘och dumi” turidagi pazda harakatlanadigan 26 salazkiga qo‘yilgan. 
Analizator dastak vositasida 90

ga burilish mumkin. Analizatorni burish burchagini 
nazorat qilish doiraviy shkalaning segmenti bo‘yicha 90

ga amalga oshiriladi. 
Analizator shkalaning 0 va qutblagich shkalasining 90 bo‘linmalari qutblovchi 
qurilmalarning kesishgan holatiga muvofiq keladi. 
 
1.14 – rasm. Qutblangan mikroskop MIN – 8

1–asos; 2–tubus tutqich; 3–fonar;
4–markazlashgan vintlar; 5–tubus; 6–ob’yektiv;
8–okulyar; 9–kondensator va qutblagich korpusi;
10–9 korpusni ko‘chirish uchun dastak;
11–qutblagich gardishi; 12–vint; 13–tormoz vinti;
14–linzani aylantirish uchun dastak;
15–kondensator kronshteyni ; 16–vint; 17–aks ettirilgan 
yorug‘likdagi yirik shaffof bo‘lmagan ob’yektlarni 
tekshirish uchun foydalaniladigan lyuk; 18–polyaroidli 
plastinkani maxkamlash uchun flanes; 
 19–qo‘shimcha linzani yoritish tizimiga kiritish uchun 
dastak; 20–maydon diafragmasi teshigini o‘zgartirish 
dastagi; 21–vint; 22–o‘zgartirish maxovigi;
23–mikrometrli uzatish maxoviklari;
24–transformator; 25–qisqich qurilmali salazkalar;
26–analizator salazkalari; 27–yorug‘lik filtri;
28–Bertran linzasini markazlash uchun dastak;
29–Bertran linzasini ulash va uzish uchun xalqa; 30–irisli 
diafragmani rostlash uchun xalqa; 31–okulyarni siljitish 
uchun xalqa; 32–kompensatorlar.
 


38 
Mikroskop tubusidagi analizator ostida qavariqli pona yoki 32 
kompensatsiyalovchi plastinalarni kiritish uchun teshik mavjud. Teshik mikroskop 
simmetriyasining tekisligiga nisbatan 45

burchak ostida joylashgan. Analizator 
ustida uchta monoxromatik filtrlar va bitta bo‘sh teshik bilan 27 burilish diski 
mavjud.
Okulyarlar 7 qiya uchlik teshigiga qo‘yiladi. Yaqinlashuvchi yorug‘likda 
ishlanganda 31 xalqa vositasida okulyarning siljishi ko‘zda tutilgan. Okulyar trubkasi 
fotouchlik, rasm chizuvchi apparat va boshqa moslamalarni mahkamlash mumkin.
Mikroskopning optik tizimi quyidagicha: yorug‘lik manbaidan nurlar 
ob’yektning yoritilishini oshirish imkonini beruvchi ikkita yig‘ma linza – 
kondensatorlarga boradi. Kondensatorlardan keyin nurlar prizmaga tushadi, sinadi va 
qutblagichga o‘tadi. Qutblangan nur tarami keyin uchta almashtiriladigan 
kondensatorlardan biriga tushadi va tekshirilayotgan ob’yektni yoritadi. Preparatdan 
nurlar ob’yektiv, analizator o‘rtasida tizimga kompensiyalovchi plastinalar kiritilishi 
mumkin. Diafragmalar yoritgich yonida, qutblagich ostida, ustida va uchlik 
(nasadka)da joylashgan. Yoritgich yonidagi diafragma maydon diafragmasidir. 
Kondensatordagi ikkita diafragma - turli ob’yektivlar uchun aperturali: uchlik 
(nasadka) da diafragma – konoskopik yorug‘likdagi mineral donasini chegaralash 
uchun.
Mikroskopda olinadigan tasvir sifatiga butun optik tizimning va birinchi 
navbatda ob’yektivning holati ta’sir ko‘rsatadi. Mikroskopda turli ruxsat beruvchi 
qobiliyatga ega 5 ta ob’yektiv mavjud. Ob’yektivning kattalashishi uning aperturasi 
qiymatlarining ortishi bilan ko‘payadi Ob’yektiv aperaturasi deganda quyidagi ifoda 
tushuniladi: A = n sin b, n – ob’yekt va ob’yektiv o‘rtasida muhitning yorug‘lik 
sinishi ko‘rsatgichi, b – ob’yektiv tomon yo‘nalishda ob’yektdan chiquvchi nurlar 
hosil qiladigan konus balandligidagi burchak yarmi n = 1 bilan havo aperturasi uchun 
26 burchak qiymatlari 180o ga yaqinlashishi mumkin. Ob’yektivlar aperturasini 
oshirish uchun ular va ob’yektlar o‘rtasidagi fazoni 2 > 1 muhit bilan to‘lidirish 
kerak. Ko‘pincha bu sifatda pedr moyidan foydalaniladi. Mikroskop komplektida 
bitta shu turdagi ob’yektiv (immersion) mavjud, uning aperturasi kattaligi 1.25 ga 
kattalashtirish esa – 90

ga teng.


39 
Mikroskop okulyari ikkita linzadan iborat: pastki – kollektor va yuqorigi ko‘z 
linzasi. Ular o‘rtasida kurish maydonini chegaralovchi diafragma joylashgan. Ko‘z 
linzasi diafragmaga fokuslangan.
Mikroskopning optik tizimi, odatda, yetarli darajada bo‘lmagan tekis tasvirni 
beradi, bunga bog‘liq holda chetlardagi va markazdagi tasvir aniqligi turlicha bo‘ladi, 
ayniqsa surat olganidan keyin kattalashtirilganida. Bu hodisani bartaraf etish uchun 
maxsus fotoob’yektivlar qo‘llanadi: ushbu mikroskopdagi 10x okulyari asosan tekis 
tasvirni olish imkonini beradi. Turli aperturaga ega mikroskopning barcha 
ob’yektivlaridan yaxshiroq foydalanish uchun mikroskopda son jihatidan alohida 
ob’yektivlar aperaturasiga teng bo‘lgan turli aperturaga ega bo‘lgan uchta 
almashtiriladigan kondensor ko‘zda tutilgan.
Konoskopik yorug‘likda ishlanganda kondensor va ob’yekt o‘rtasiga Lazo 
linzasi, uchlik (nasadka) ga esa – Bertran linzasi kiritiladi. Konoskopik manzaraning 
keskinligiga fokuslash okulyarni siljitish orqali amalga oshiriladi. Mikroskopda aks 
ettirilgan yorug‘likda ishlanganda 25 qisqichli qurilma o‘rniga OI – 12 yoritgichi 
o‘rnatiladi va ob’yektiv bevosita 1yoritgichga mahkamlanadi. Okulyar uchlik 
(nasadka) bu holda 180
o
S buriladi, ya’ni 3 fonari olib qo‘yiladigan yoritgich 
tomonidan joylashtiriladi. Yoritgich lampasidan kelayotgan yorug‘lik nurlari ularni 
ob’yektga yo‘naltiruvchi kerakli burchak ostida o‘rnatilgan shisha plastinaga tushadi. 
Ob’yektdan aks ettirilgan nurlar bundan keyin mikroskopning oddiy optik tizimi 
bo‘yicha ketadi.
Fazakontrastli qurilma bilan ishlanganda mikroskop tizimidan kondensor bilan 
15 kronshteyn o‘rniga boshqa kronshteyn o‘rnatiladi. Ish kfl komplektiga kiruvchi 
faza ob’yektivlarida amalga oshiriladi. Fazakontrastli qurilma mayda kristalli 
moddalar sinishi ko‘rsatkichlarini aniqlash va mayin tarkiblar (loyli minerallar va 
sh.k.) ni o‘rganish imkonini beradi. Minerallarning optik zichligini aniqlash uchun 
zarur bo‘lgan qutblangan yorug‘lik 18 flanes yo‘nib kengaytirilishiga o‘rnatiladigan 
qoplama polyaroid vositasida hosil qilinadi. 
Mikroskopning umumiy kattalashtirishi

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin