oddiy alifbosidan bahramand qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarni
eshitilganlar yuzasidan estetik-ekologik mazmunda o‘zaro suhbatlashishga
da’vat etish, qayta hikoya qilishni talab qilish zarur bo‘ladi. Ayniqsa,
ekskursiya, sayr haqidagi hikoyalar mazmunli chiqadi.
Bolalarga jonli va jonsiz tabiatdagi har bir narsaning betakror go‘zallik
ekanligini anglatish, his ettirish, kuzattirish, har bir narsaning o ‘ziga xos-
ligini aniqlatish, ularning o ‘zaro munosabatda va o‘zaro aloqada ekanli-
giga ishora qiluvchi belgilarini ajratish muhim rol o ‘ynaydi.
Tevarak-atrofni
kuzatish, rasm solish jarayonida bola ranglami, to-
vushlarni, makon va tabiat obyektining shaklini qabul qilishga o ‘rgana-
di. Bu narsa go‘zallikni his etishga olib keladi. Tarbiyachining vazifasi
shundan iboratki, u bolalarning aqliy kuch-g‘ayratini uyg‘otadi, tabi
at go‘zalliklar hissini rivojlantiradi va tabiatga
boTgan insoniy muno-
sabatlarning axloqiy-estetik tomonlarini ko ‘rsatadi. Tabiatdan zavqlanish
go‘zalliklami idrok etishda yorqin namoyon boTadi.
Bolalardan bog‘chaga kelishda va ketishda, ko‘cha-ko‘yda atrof-
muhitga qanday zarar yetkazilayotganligini ko‘rganliklari haqida so‘zlab
berish so‘ralishi, ya’ni
Dostları ilə paylaş: