2-bosqich.
XIX asrning oxiri, unda
«Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning
asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr
kabilardan iborat.
3-bosqich.
XX asr boshlariga mansub bo‘lib,
«Elektromexanik» texnologiyalar
bilan farq qiladi
Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan
foydalanilgan.
4-bosq
4-bosqich.
XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri
kelib, «Elektron» texnologiyalar qo‘llanilishi
bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy
vositasi EHMlar va ular asosida tashkil
etiladigan
avtomatlashtirilgan
boshqarish
tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-bosqich.
XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi
.
Bu bosqichda «Kompyuter» texnologiyalari
taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli
maqsadlarga mo‘ljallangan
dasturiy vositalarga ega
bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir.
Axborot texnologiyalari turlari
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo‘linadi:
1.
Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari
.
Ular
ma’lum
algoritmlar
bo‘yicha
boshlang’ich
ma’lumotlarga ishlov beruvchi
masalalarni yechishga
mo‘ljallangan. Masalan, har bir
firmada o‘zining xodimlari haqidagi
axborotga ishlov beruvchi axborot
texnologiyasi albatta bo‘lishi kerak.
2.
Boshqaruvchi axborot texnologiyalari.
Ularning
maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan
insonlarning
axborotga
bo‘lgan
talabini
qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari
tashkilotning o‘tmishi, hozirgi
holati va kelajagi haqidagi
axborotni ham o‘z ichiga oladi.