Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


doirasiga sig‘dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

doirasiga sig‘dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan
ijodkor uni pardalarga, ko‘rinishlarga bo'ladi, syujet voqealarini
ijro vaqtiga sig'diradi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga
keltiradi, ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va h.k.
Shakl konservativroq hodisa bo'lganligidan uzoq yashovchanlik
xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka moyil hodisa boiib,
har bir badiiy asar mazmunan o'zicha originaldir. Sababi, o'sha
asami yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o'zicha ko'radi va
baholaydi. Shunga ko'ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham
mazmunan original (originallik bu o'rinda ijobiy ma’noda emas, balki
umuman o'ziga xoslik, boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan
ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya shakli badiiy
adabiyotda o'zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq
vaqtlardan beri mavjud. Va ayni shu shakl doirasida minglab
yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlaming sanog'iga yetib
bo'lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o'ziga
xosliklar bo'ladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy belgilar saqlanib
qolaveradi.


Mazmunning shaklga o ‘tish hodisasi genetik asosga egadir. Buni
muayyan turg‘un janrlar misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan,
«g‘azal» janri dastlab paydo bo'lganida mazmun hodisasi edi. Uning
mazmun hodisasi bo‘lganligi so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan
izohlanishi mumkin. Ya’ni so‘z ma’nosidan kelib chiqsak, «ayollarga
xushomad, muhabbat» mazmunidagi she’riy asar g‘azal deyilgan.
Keyincha, g‘azal o‘z mazmuniga mos eng muvofiq shaklga ega bo‘lgach,
u shakl hodisasiga — turg‘un she’riy janrga aylandi. Xuddi shu gapni

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin