Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
«novella»ga nisbatan ham aytish mumkin. Italyancha «yangilik» so‘zidan olingan «novella» dastlab janr, ya’ni shakl hodisasi bo‘lmay, mazmun hodisasi edi. Novella deyilganda jonli qiziqish uyg‘otuvchi hodisadan xabar beruvchi asar tushunilgan. Ayni paytda, novella o ‘ziga xos shakl xususiyatlariga ham ega bo‘lgan: qisqalik, syujet o ‘tkirligi v.b. Keyincha novellaga xos shakliy xususiyatlar muqimlashib, o ‘ziga xos shakl — novella janri yuzaga keladi. Shuningdek, shakl va mazmunning bir-biriga o ‘tishini bir asar doirasida ham ko‘rish mumkin. Bunda endi badiiy asarning «sistema» ekani, har qanday sistema quyi va yuqori darajadagi strukturaviy boiaklardan iborat ekanligidan kelib chiqamiz. Masalan, til obrazga nisbatan shakl, obraz tilga nisbatan mazmun; obraz ayni paytda badiiy mazmunni ifodalash shakli. Yoki badiiy obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra turlari (detal fabula — xarakter va bliaioil — dunyo obrazi) ham shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o ‘tishiga misol bo‘la oladi. Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shaklning uyg‘un muvofiqligi eng muhim mezonlardan sanaladi. Badiiyat go‘zal shaklda ifodalangan aktual, umuminsoniy qadriyatlarga mos mazmunni taqozo qiladi. Adabiyotshunos badiiy asami tahlil qilarkan, uning diqqat markazida shakl yoki mazmun turishi mumkin. Lekin asosan shaklga e ’tibomi qaratgani holda ham adabiyotshunos shaklning mazmun jihatlarini nazardan soqit qilolmaydi; asarning mazmun jihatini tekshirayotgan olim ham o‘sha mazmunning muayyan shaklda ifodalanayotganini unutmasligi shart qilinadi. Modomiki badiiy asarda
shakl va mazmun uyg‘un birikar ekan, shaklni badiiyat, mazmunni