BADIIY ASAR MAZMUNI Badiiy mazmun obyektiv va subyektiv ibtido birligi sifatida. Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmun. Badiiy mazmunning о‘ziga xos xususiyatlari. Awalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok etilayotgan narsani farqlash zarur. Chunki ko'pincha asarda boshqa narsa tasvirlangani holda butunlay boshqa narsa idrok etilayotgan boiadi (« 0 ‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Neron»). Shunga ko‘ra, badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok etilayotgan narsalar nuqtai nazaridan tushuniladi. Ko‘rinadiki, badiiy asar mazmuni deyilganda, ko'proq g‘oyaviy mazmun tushunilsa-da, badiiy mazmun g'oyaviy mazmundan kengroq tushunchadir. Bu esa badiiy asar mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekanligi bilan bog'liq hodisadir. Agar asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni, badiiy reallikni obyektiv ibtido desak, ijodkoming tasvirlanayotgan voqea- hodisalarga munosabati subyektiv ibtidodir. Shunga ko'ra badiiy asar mazmunini so'zlab berish mumkin emas. Buni hatto muallifning o'zi ham uddalay olmaydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho'ng'ish mumkin emas». Odatda, amaliyotda «mazmunni so'zlab bering» deyilganda, uning bir qirrasi, aniqrog'i, mazmunni uyushtiruvchi muhim unsur — fabula so'zlab beriladi. Biz badiiy mazmun komponentlarini badiiy ijod jarayoni va uning badiiy asarda namoyon bo'lishi nuqtai nazaridan farqlash tarafdorimiz. Adabiyotshunoslikda «tema»(mavzu) tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo'yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va