Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
qimmatini o‘quvchiga yetkazib berish uchun, avvalo, uning qanday tarkiblanganini, uni tashkil etayotgan unsurlaming o‘zaro aloqalarini yorqin tasavvur etish zarurdir. Shunga ko'ra, bu bo‘limda badiiy asar syujeti, kompozitsiyasi, badiiy til, inson obrazini yaratish yo‘llari va vositalari kabi qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu bo‘limda o‘rganiluvchi masalalar sizni badiiy asami g'oyaviy- badiiy jihatdan tahlil qilishga tayyorlaydi, buning uchun zarur nazariy bilimlar bilan qurollantiradi. Nihoyat, kursning uchinchi bo'limida adabiy jarayon, badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari, adabiy tur va janrlar, uslub va metod tushunchalari, badiiy adabiyotdagi turli oqim va yo‘nalishlar haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Kursning manbalari. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi bo'yicha bir qator darslik va qo'llanmalar mavjud (T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish kursi bo'yicha o‘quv metodik qo'llanma.— Т.: O'qituvchi, 1979; N.Shukurov va boshq. Adabiyotshunoslikka kirish.—Т.: O'qituvchi, 1984) bo'lsa-da, ular sezilarli darajada eskirdi. Aytish kerakki, bu darsliklarning badiiy adabiyot spetsifikasiga bag'ishlangan boblarida (ularda adabiyotning sinfiyligi, partiyaviyligi, metod va sh.k. masalalar xususida so'z boradi) masala sho'ro mafkurasi nuqtai nazaridan qo'yilgan va o'rgatilgan bo'lib, ular hozirda mutlaqo eski rgan. Darsliklarning boshqa masalalarga (masalan, badiiy asar haqida ta’limot bo'limi) bag'ishlangan boblaridan esa tanqidiy yondoshgan holda foydalanish mumkin va zarurdir. Mazkur holatdan kelib chiqqan holda keyingi yillar ichida bir qator darslik va qo'llanmalar (E.Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish.—Т.: