O'qituvchi, 1995; T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari.— T.:0'zbekiston, 2002; H.Umurov. Adabiyot nazariyasi.— T.:Sharq,2002) nashr etildiki, ular talabalaming adabiyotshunoslik asoslarini egallashlarida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Ko'rsatilgan darsliklardan tashqari adabiyotshunoslikka oid
lug‘atlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Lug'atlar bilan ishlash talabaning ma’lum masala yuzasidan qisqacha ma’lumot olishida, ayrim adabiy-nazariy terminlar ma’nosini tushunishida juda katta yordam beradi. Aytish kerakki, mavjud lug‘atlar (H.Homidiy va b. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati.— Т.: 0 ‘qituvchi, 1967; N.Hotamov, B.Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha- o‘zbekcha izohli lug‘ati.— Т.: 0 ‘qituvchi, 1979) ham qisman eskirganini e’tiborda tutish, ulardan foydalanishda ham tanqidiy yondoshish joiz. Adabiyotshunoslik ilmidagi, bugungi adabiy jarayondagi yangiliklar bilan, yaratilayotgan yangi badiiy asarlar bilan muntazam tanishib borish to‘laqonli adabiyotshunos, mutaxassis bo‘lib yetishishning muhim shartlaridandir. Bu narsa darslik va qo‘llanmalar kamligi sezilayotgan bugungi kunda yanada katta ahamiyat kasb etadi. Filolog talaba vaqtli nashrlardagi adabiyotshunoslikka oid chiqishlar, adabiy-tanqidiy maqolalar bilan tanishib borsagina bugungi adabiy jarayondan boxabar bo‘lishi mumkin boMadi. Ikkinchi tomondan, e’lon qilinayotgan she’riy, nasriy yoxud dramatik asarlarni olgan nazariy bilimlaringiz asosida tahlil qilishga harakat qilsangiz, olgan bilimlaringiz mustahkamlanadi. Boz ustiga, o‘zingizni tanqid yoki adabiyotshunoslik bobida sinashga urinib ko'rishingiz, adabiy-tanqidiy