M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/62
tarix05.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#173864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga ham ko‘p jihatdan bog'liq.
Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda
demokratik tamoyillaming teran tafakkur etishni taqozo etadi. Insonlar
o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos va har bir millat
psixologiyasiga mos holda qaror topgan. Ushbu o'quv qo'llanma
jamiyatning yangilanishi davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro'y
berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam
beradi.
/Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil
insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil
insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha
shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami
o'matish mushkul.)Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya
fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini,
uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib
shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga
kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos
ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot
yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita
ta.’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi/
"Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan
muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini
qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari
shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida
ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida
hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin